• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Enter Engineering kompaniyasi nemis sanoat konserni Thyssenkrupp bilan hamkorlik qiladi

    O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu loyihada yangi ish o‘rinlarini yaratish, mamlakatimizdagi kon manbalarini takomillashtirish va energiya quvvatini tejash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

    Markaziy Osiyo bozorida bo‘yicha eng yirik EPC pudratchi, Rossiya Federatsiyasida bu soha yetakchilaridan biri hisoblangan Enter Engineering va Germaniyaning yirik sanoat konserni Thyssenkrupp AG o‘rtasida kelishuv bitimi imzolanganligi e’lon qilindi.

    Enter Engineering va Thyssenkrupp AG kompaniyalari o‘rtasida tuzilgan 50 million yevro qiymatga ega bo‘lgan ushbu kelishuv Tebinbuloq titan-magnit rudalari koni bazasida integratsiyalashtirilgan kon-metallurgiya majmuasini qurish loyihasini amalga oshirishni nazarda tutadi.

    Ikki tomon, shuningdek, loyiha bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshlash to‘g‘risida bitimni, jumladan, yuqori texnologiyali uskunalarni yetkazib berish, loyihalashtirish, montaj jarayoni davomida nazorat qilish va obyektda ishga tushirish nazarda tutilgan shartnomani imzoladilar.

    Valli presslarda yuqori bosim ostida maydalashning innovatsion texnologiyasini (High Pressure Grinding Rolls) qo‘llash orqali kon obyektida yiliga 60 million tonna temir rudasini qayta ishlash va energiya quvvati sarfini sezilarli darajada kamaytirishga erishish mumkin.

    Enter Engineering kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Baxtiyor Fozilov quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

    “Biz Thyssenkrupp AG kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilishdan benihoya mamnunmiz. Avvalo shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, mamlakatimizning metallurgiya sanoatida nemis standartlarini qo‘llash orqali yuqori sifatli xomashyo bazasini yaratishga muvaffaq bo‘lamiz. Ushbu loyiha, Enter Engineering kompaniyasi erishishga intilib kelayotgan barcha maqsadlarni o‘zida mujassam etgan. Bu tashqi bozorda respublikaning milliy manfaatlarini himoya qilish, o‘zbek iste’molchilarining manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishdir”.

    Enter Engineering tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlarining muddati ikki yilni tashkil etib, zavod 2023-yilning sentabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.

    Yevroosiyo mintaqalari, shu jumladan, MDH va Xitoy bo‘ylab kon qazilmalarini boyitish texnologiyalari bo‘yicha Thyssenkrupp kompaniyasining vitse-prezidenti — Reza Purvash shunday dedi:

    “Bugungi kunda, tog‘-kon sanoati sohasida 140 tadan ortiq HPGR uskunalari sotuvi amalga oshirilgan. Thyssenkrupp nemis brendiga xos yuqori sifat va ishonchlilikni amalda tasdiqlagan holda MDH mamlakatlari hududida bu turdagi texnologiyalardan foydalanuvchi tog‘-kon kompaniyalari tanlovi doirasida yetakchilik qilib kelmoqda”.

    MDH mamlakatlari bo‘ylab kon qazilmalarini boyitish texnologiyalari bo‘yicha Thyssenkrupp mintaqaviy direktori Roman Karl quyidagilarni qayd etdi:

    “Muhandislik qurilishlari bo‘yicha yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan va bu borada boy tajribaga ega bo‘lgan Enter Engineering singari O‘zbekistonda dongdor kompaniya bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Hozirgi kunda bu eng tejamkor va innovatsion texnologiyalardan biri bo‘lib, energiya quvvati sarfini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Ushbu texnologiyani ilk bora 1985-yilda sement sanoatida, 1986-yildan boshlab esa tog‘-kon sanoatidagi maydalash jarayonida qo‘llab, mahsulotning yuqori darajada mayda donadorligini ta’minlashga erishib kelinmoqda. Shu o‘rinda, ushbu texnologiyaning to‘liq integratsiyalashuvi 4.0 sanoati doirasida muhim ahamiyat kasb etishini ham ta’kidlab o‘tish joiz”.

    Metallurgiya majmuasi O‘zbekiston uchun o‘zining multiplikatsiya ta’siri bilan ulkan ahamiyatga ega. Uning sharofati bilan chekka tumanlarda nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratiladi, balki mahalliy temir rudasi ishlab chiqarish sanoati rivojlanishi o‘sadi va shu orqali mamlakatda mavjud metallurgiya majmualarini xomashyo bilan to‘liq ta’minlash imkoniyati tug‘iladi. Shuningdek, ushbu majmua infratuzilmani rivojlantirish, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni yaratish va mamlakatlararo savdo hajmini oshirishga ham xizmat qiladi.

    Tebinbuloq koni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi, ya’ni Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak viloyatida joylashgan. Maydoni 5,2 kvadrat kilometr bo‘lib, taxminiy hayot davri 27 yilni tashkil etadi.

    Enter Engineering va Thyssenkrupp o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yuqori darajada, ya’ni hukumatlar miqyosida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Kelishuvni imzolash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov ishtirok etdi. Energetika vazirligi eskirayotgan ishlab chiqarish tarmoqlarini yangi, energiya quvvatini tejaydigan texnologiyalarga o‘tkazishga asoslangan milliy miqyosdagi sa’y-harakatlarda faol ishtirok etadi.

    Marosimda Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Tilo Klinner ham ishtirok etdi va quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

    “Bu juda muhim voqea. Bugun imzolangan strategik loyihaning shartnomasi Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanayotganining ramzidir. Germaniya va Thyssenkrupp kabi yirik nemis kompaniyalari ushbu muhim ish debochasida texnologik hamkor sifatida ishtirok etayotgani bilan benihoya faxrlanadi.

    Boyitish zavodi, Tebinbuloq kon-boyitish majmuasi tarkibiga kiradi, ushbu yangi loyiha O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan Enter Engineering bilan birgalikda amalga oshiriladi. 2016-yildan boshlab, O‘zbekistondagi islohotlar jarayoni o‘zining ajoyib natijalarini namoyon etib kelmoqda va ushbu loyiha ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni yanada rivojlanishi uchun xizmat qilishiga ishonaman”.

    Enter Engineering matbuot xizmati

    27.09.2021, 17:00   Izoh (0)   12822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vengriya O‘zbekistonning 3 ta yirik shahriga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

    27.09.2021, 16:39

    Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlari aniqlandi

    27.09.2021, 16:30

    Toshkent viloyatida bir-biriga qo‘shni ikki uyda yong‘in chiqdi

    27.09.2021, 16:09

    Shavkat Mirziyoyev Namanganga borib, oyna ishlab chiqariluvchi korxona faoliyati bilan tanishdi

    27.09.2021, 15:40

    Toshkent metrosi poyezdida besh kun ichida ikkinchi bor nosozlik kuzatildi. Yo‘lovchilar “Xalqlar do‘stligi” bekatida tushirib qoldirilgan

    27.09.2021, 15:26

    Afg‘oniston chegarasida o‘zbekistonlik harbiy halok bo‘ldi

    27.09.2021, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.