Daryo

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi oshdi

Oltin-valyuta zaxirasi sentabr oyida avvalgi oyga nisbatan 9 tonnaga (331 million dollarga) ko‘paydi

1 daqiqa o‘qish36 418 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 1-sentabr holatiga ko‘ra 35,4 milliard dollarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Spot Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib. Avgust oyi bilan taqqoslaganda u 320 million dollarga oshgan.

Foto: Bloomberg

Qayd etilishicha, bunga asosiy sabab — oltin. U 331 million dollarga ko‘paygan. Zaxiradagi 21,9 milliard dollar oltin 12,1 million troya unsiyasiga teng (taxminan 376 tonna, avvalgi oyga nisbatan 9 tonnaga ko‘p). Iyul oyida bir unsiya oltin narxi taxminan 1740 dollarga teng edi, hozir esa — 1762 dollar.

Zaxiradagi xorijiy valyuta hajmi esa kamayishda davom etmoqda. Avgust oyida u 400 million dollarga kamayib, 13,5 milliard dollargacha tushdi. Sentabr oyiga kelib xorijiy valyuta hajmi bundan ham kamaydi — 12,4 milliard dollar.

Oltin-valyuta zaxiralari mamlakat uchun “himoya yostiqchasi” hisoblanadi. O‘zbekistonning amaldagi zaxiralari 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan, ya’ni uch oydan ancha ko‘p.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar