Apple korporatsiyasi Biogen biotexnologik kompaniyasi va Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti bilan hamkorlikda foydalanuvchilarda kognitiv funksiyalarning pasayishi va tushkunlikni aniqlashga qodir texnologiyani yaratmoqda, deb xabar beradi Esquire.
Algoritmlar depressiya va kognitiv funksiyaning pasayishiga oid signallarni iPhone va “aqlli” Apple Watch soatlaridagi jismoniy faollik, uyqu rejimi va matn kiritishdagi holatni kuzatadigan datchiklardagi ma’lumotlarni o‘rganish orqali aniqlaydi.
Bundan tashqari, kompaniya Dyuk universiteti bilan hamkorlikda bolalarda autizmni aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotini o‘tkazadi. Apple mutaxassislarining rejasiga ko‘ra, iPhone kamerasi bolalarning kamera qarshisidagi harakatlarini o‘rganib, uni tahlil qila oladi: bolalar diqqatini qanday jamlagan, old-orqaga qanchalik ko‘p tebranadi va hokazo.
Hozirda Apple Watch yordamida uyqu javdalini yuritish, uning sifatini kuzatish va u haqda hisobotlarni olib turish mumkin. Shu bilan birga, soatlar yordamida qondagi kislorodlar miqdorini aniqlash va yurak salomatligi bo‘yicha xabarnomalar olib turish mumkin.
Avvalroq Apple Watch 2022-yildan boshlab bosim, qondagi qand va alkogol miqdorini o‘lchashni o‘rganib olishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)