Italiya A Seriyasining 5-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Inter” 21-sentabr, seshanba kuni “Fiorentina” bilan bahs yuritdi.
Uchrashuvda umumiy hisobda 4 ta gol urildi. Dastlab Rikkardo Sottil 23-daqiqada “Fiorentina”ni oldinga olib chiqqandi. Biroq ikkinchi bo‘limga kelib, milanliklar Matteo Darmian, Edin Jeko va Ivan Perishich tomonidan kiritilgan gollar evaziga g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng amaldagi chempion “Inter” 13 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi. “Fiorentina” (9) esa 6-o‘rindan joy olgan.
“Atalanta” o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qilib, 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.
A Seriya
5-tur bahslari
21-sentabr, seshanba
“Fiorentina” – “Inter” 1:3
Gollar: 1:0 – 23 Sottil, 1:1 – 52 Darmian, 1:2 – 55 Djeko, 1:3 – 87 Perishich.“Fiorentina” – Drongovski, Benassi (Odriosola, 66), Milenkovich, Nastasich, Biragi, Bonaventura (Kalyexon, 84), Torreyra (Amrabat, 66), Dankan (Kokorin, 84), Sottil (Saponara, 74), Vlaxovich, Gonsales.
“Inter” – Handanovich, Shkrinyar, de Vrey, Bastoni, Darmian (Dumfris, 66), Barella (Vesino, 70), Brozovich, Chalxono‘g‘lu (Galyardini, 84), Perishich, Jeko (Sanches, 70), Martines (Dimarko, 83).
Ogohlantirishlar: Shkrinyar (18), Darmian (63), Gonsales (78), Chalxono‘g‘lu (83).
Chetlatish: Gonsales (78).
Izoh (0)