Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida ikki piyodani “Jiguli” urib yubordi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yil 14-sentabr kuni soat 19:15 larda Pungon–Namangan yo‘lining 69 kilometrida “Sharq” MFY hududida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar — To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1954-yilda tug‘ilgan fuqaro va 2019-yilda tug‘ilgan nabirasini urib yuborgan.

Oqibatda piyodalar olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 14-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish va undan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.