Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkazilgan ShHT sammitida nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev sammitda ishtirok etayotgan mamlakatlarga bir qator takliflar berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Jumladan, O‘zbekiston rahbari vaksinatsiya sertifikatini o‘zaro tan olish yuzasidan taklifni ilgari surdi.
“Pandemiya sog‘liqni saqlash sohasida yanada yaqindan hamkorlik qilish zarurligini ko‘rsatdi. Bu borada infeksion kasalliklarni profilaktika qilish va davolash, koviddan keyingi reabilitatsiya, vaksinatsiya to‘g‘risidagi sertifikatlarni o‘zaro tan olish masalalarida hamkorlik bo‘yicha ‘yo‘l xaritasi’ni qabul qilishimiz lozim”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, davlat rahbari o‘z nutqi davomida savdoni rivojlantirish, transport, sanoat, kambag‘allikni qisqartirish hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha bir qator fikrlarni ilgari surdi.
Izoh (0)