Gollivud yulduzi Xyu Jekman otasi Kristofer Jon Jekman 85 yoshida olamdan o‘tganini ma’lum qildi, deb yozadi “Film.ru”.
“Erta tongda Avstraliyada otam bu dunyoni tark etdi. Chuqur qayg‘uga qaramay, men minnatdorchilik va muhabbat hissiga to‘lganman. Otam, bir so‘z bilan aytganda ajoyib inson edi. U butun umrini oilasi, ishi va e’tiqodiga bag‘ishladi. Uning tangri bilan uchrashuvga tayyor bo‘lishiga duo qilaman”, — deb yozadi Xyu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.
https://www.instagram.com/p/CTelQMJrQSe/
Kristofer Jon Jekman 1936-yilda tug‘ilgan. 1967-yilda u Greys MakNilga uylangan va Avstraliyadan Buyuk Britaniyaga ko‘chib kelgan. Jon buxgalter bo‘lib ishlagan va rafiqasi bilan besh nafar farzandini tarbiya qilgan. Xyuning ota-onasi 1976-yilda ajrashib ketgan.
Xyuning so‘zlariga ko‘ra, uni ta’lim olishga aynan otasi qiziqtirgan.
Avvalroq Xyu Jekman teri saratoniga tekshiruvdan o‘tganini so‘zlab bergandi.
Izoh (0)