• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namanganlik oila Mehribonlik uyining uch nafar tarbiyalanuvchisini bag‘riga oldi (video)

    Namangandagi 26-Mehribonlik uyining uch nafar tarbiyalanuvchisi oilaviy mehribonlik uyiga yo‘l oldi. Bunday tajriba viloyatda ilk bor yo‘lga qo‘yilmoqda, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Tarbiyalanuvchilar — Madina, Dildora va Islomjon Kamoliddinovlar bir oila vakillari. Ular ota-onalari bevaqt vafot etganidan so‘ng Mehribonlik uyiga qabul qilingandi. Oradan uch yilga yaqin vaqt o‘tib, o‘zlari uchun qadrdon bo‘lib qolgan dargoh bilan xayrlashishdi. Ularni To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Nurmatovlar oilasi bag‘riga oladi.

    Dilorom Abdurahimova.

    Dilorom Abdurahimova.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    “Yil boshida Mehribonlik uyimizda 72 nafar tarbiyalanuvchi bor edi. Bugungi kunga kelib ulardan 35 nafari qolyapti. Davlat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi tizim tufayli bolalarimiz oilalarga qaytyapti. Kimlarnidir yaqinlari olib ketyapti, kimlarnidir bolaga muhtoj bo‘lganlar, yana kimlarnidir oilaviy mehribonlik uylari kutmoqda. To‘g‘ri, bizda barcha sharoitlar yetarli, muassasamiz Prezident tashrifidan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan yaqinda juda chiroyli va mukammal tarzda ta’mirdan chiqarib berildi. Lekin baribir biz oila o‘rnini bosolmaymiz, buni tan olish kerak. Biz uchun farzandlarimiz qatori bo‘lgan tarbiyalanuvchilarimiz birin-ketin uyimizni tark etayotganidan yuragimiz ezilsa, boshqa tarafdan ular uchun xursandmiz. Chunki bola tarbiyasida oila muhitining o‘rni bo‘lak”, — deydi Mehribonlik uyi direktori Dilorom Abdurahimova.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Bolalarni qabul qilib olgan to‘raqo‘rg‘onlik Ibodat opa Nurmatovaning aytishicha, ularning marhum onasi bilan Namangan shoyi ishlab chiqarish kombinatida ko‘p yillar davomida birga ishlashgan va opa-singildek bo‘lib ketishgan. Ayolning avval turmush o‘rtog‘i vafot etadi, oradan yillar o‘tib uning o‘zi ham og‘ir xastalikka chalinadi. Vafotidan oldin Ibodat opaga bolalarini tashlab qo‘ymaslikni vasiyat qiladi. Ammo o‘sha paytda hujjatlar bilan bog‘liq turli muammolar tufayli buning imkoni bo‘lmaydi va ular Mehribonlik uyiga joylashtiriladi. Endi bu kunlar ortda qoldi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    “O‘zimning to‘rt nafar farzandim bor. O‘g‘illarni uylaganmiz, qizlarni chiqarganmiz, nabiralar qurshovidamiz. Xudoga shukr, oilamiz o‘ziga to‘q, noliydigan joyimiz yo‘q. To‘ng‘ich o‘g‘limiz katta usta, alohida hovli-joy qilib chiqib ketgan, biz bilan qolgan kichigi novvoyxonani yuritadi. Uyda mol-qo‘y, tovuq, ekin-tikinlarimiz bor. O‘zimning tutingan singlimni norasidalarini bag‘rimga olayotganimdan xursandman. Ularni parvarishlash, ta’lim-tarbiyasini zimmamizga olamiz. Bunga yaqindan ko‘mak berayotgan Milliy gvardiya vakillariga rahmat”, — deydi Ibodat opa.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Sobiq tarbiyalanuvchilarning yangi uylari yaqinida otameros hovlilari ham bor ekan. Ular ota-onalari olamdan o‘tguniga qadar shu yerda yashashgan. Hovli hozirgi kunda qarovsiz holga kelgan: yashab turgan uylari nuragan, qurilishiga qo‘l urilganlari esa chala qolib ketgan. Eski uylarni ta’mirlash, yangilarini esa oxiriga yetkazishni “Saxovat-Namangan” xayriya jamoat fondi zimmasiga oldi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    “Nasib, erta-indindan bu xonadonga ustalar tushadi. Maqsadimiz uzog‘i ikki-uch oy ichida bu hovlini shinam holga keltirish. Qishga qolmay bolalar bu yerga ko‘chib kelishlari va yangi oilalari bilan shu yerda yashashlari mumkin. Shuningdek, ularning ta’lim olish bilan bog‘liq xarajatlarini ham ko‘tarishga tayyormiz”, — deydi fond boshqaruv kengashi a’zosi Abdulahad Ahmadjonov.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Oilaviy mehribonlik uyiga kelgan bolalarning bir olam niyatlari bor. Ularning kattasi — Madina Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kirmoqchi, shifokor bo‘lish niyatida. Dildora esa o‘zini Milliy gvardiya safida ko‘rmoqda. Kenjatoy Islomjon esa sport, xususan, futbolning ashaddiy muxlisi. Kelgusida kumiri — Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo kabi zabardast futbolchi bo‘lib, Namangan dovrug‘ini dunyoga taratmoqchi. Bolalarning beg‘ubor orzular, albatta, ushalishini tilab, ular bilan xayrlashdik.

    Mavzuga doir:

    • Mirziyoyev “barcha sharoitlarini muhayyo qilish” bo‘yicha topshiriq bergan Namangandagi bolalar uyi ta’mirdan chiqdi. Prezident muassasaga Nexia sovg‘a qildi
    • Prezident Namangandagi Mehribonlik uyiga tashrifi chog‘ida bag‘riga bosgan qizaloq oilasiga qaytdi (video)

    12.09.2021, 07:33   Izoh (0)   37768
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida alimentdan qarzi bor erkak tomonidan pichoqlangan ayolning ahvoli haqida ma’lumot berildi

    12.09.2021, 00:21

    Akvariumdagi to‘y, muzliklar erib ketayotganidan afsuslangan ayiq, binolarni zabt etayotgan fransuz o‘rgimchak odami. Hafta suratlari

    11.09.2021, 23:54

    Qashqadaryolik paralimpiyachilarga Prezident sovg‘asi — Gentra avtomobillari topshirildi

    11.09.2021, 23:32

    Andijonda xavfli manyovrlar qilgan Spark haydovchisiga bayonnoma tuzilib, avtomobili jarima maydonchasiga qo‘yildi (video)

    11.09.2021, 23:11

    O‘zbekiston OTMlarida tyutor lavozimi joriy etiladi

    11.09.2021, 22:30

    Buxoroda fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga qo‘yish evaziga 2000 dollar olgan shaxslar ushlandi

    11.09.2021, 21:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.