Sevimli kumiriga o‘xshash uchun katta miqdorda mablag‘ sarflaydigan kishilar soni tobora ko‘payib bormoqda. 29 yashar britaniyalik Chali shunday ashaddiy muxlislardan sanaladi. Bir necha yil avval Kim Kardashyanga o‘xshashga qaror qilgan qiz orzusiga erishish uchun 1 300 000 dollar sarflagan.

Foto: Instagram / @chalydn

“Men uning suratini ko‘rishim bilanoq Kimga o‘xshashimni tushunib yetdim. Uni Instagram’da kuzata boshladim va har safar fotosini ko‘rganda ‘Axir bu men-ku’, der edim”, — degan Chali.

Foto: Instagram / @chalydn

Tashqi ko‘rinishi uchun u botoks va fillerlardan foydalanadi. Plastik jarrohlik haqida esa hali qaror qilmagan. U mablag‘ning asosiy qismini Kardashyan singari dizaynerlik liboslari, poyabzal va sumkalar uchun sarflaydi. Britaniyalik qiz Kimga nafaqat tashqi ko‘rinish, balki garderobdagi kiyimlari bilan ham o‘xshashga harakat qiladi.

Foto: Instagram / @chalydn

Masalan, Kardashyanniki singari Balmain brendining libosi uchun Chali 4000 funt (5535 dollar) ishlatgan. Givenchy’niki singari ko‘ylak uchun esa 7000 funt (9684 dollar) ishlatgan.

Foto: Instagram / @chalydn

Foto: Instagram / @chalydn

Foto: Instagram / @chalydn

Foto: Instagram / @chalydn

Foto: Instagram / @chalydn

Yilda bir necha marta yangilab turishiga to‘g‘ri keladigan kolleksiyasidagi dizaynerlar tomonidan taqdim qilingan sumkalari ham taxminan shuncha pul turadi.