Bitkoinga qarshi norozilik, demontaj qilingan haykal, 8 ming kilometr yo‘lni bosib o‘tgan ulkan qo‘g‘irchoq. 8-sentabr suratlari
Dunyo va O‘zbekistonning turli burchaklaridan 8-sentabrda olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida hibsda bo‘lgan Belarus muxolifati siyosatchisi Mariya Kolesnikova tasvirlangan grafitini o‘chirayotgan ishchilar. Suratda: “Biz va sizning erkinligingiz uchun” deb yozilgan.Foto: Reuters
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 8-sentabr kuni o‘tkazilgan X qurultoyida O‘zbekiston Prezidentligiga partiya siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov nomzodi qurultoy delegatlarining ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlandi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Rossiyaning Noginsk shahridagi to‘qqiz qavatli binoda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda devor qulab tushdi. Oxirgi ma‘lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi jarohatlangan. Qutqaruv ishlariga 173 kishi va maxsus itlar jalb qilingan.Foto: “TASS”
Nyu-York moda haftaligida 2022-yil bahor-yoz mavsumi uchun Kristian Siriano kolleksiyasini namoyish qilayotgan model.Foto: “TASS”
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 8-sentabr kuni o‘tkazilgan X qurultoyida delegatlar O‘zbekiston Prezidentligiga partiya siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov nomzodini tasdiqlamoqda.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
AQShda 2001-yil 11-sentabr hujumlarining 20 yilligiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ilgari Jahon savdo markazi majmuasi joylashgan joyda vayron qilingan egizak minoralarni eslatuvchi ikkita kuchli projektor yordamida installyatsiya yaratildi.Foto: Getty Images
Salvador aholisi kriptovalyutani qonuniylashtirishga qarshi chiqdi. Salvador bitkoinni rasmiy to‘lov vositasi sifatida tan olgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi.Foto: EPA
Britaniyaning samolyot tashuvchi harbiy kemasi Queen Elizabeth Yaponiyaning Yokosuka harbiy bazasi portini tark etdi. Buyuk Britaniyaning samolyot tashuvchi harbiy kemasi sentabr oyida qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Yaponiyaga tashrif buyurgandi.Foto: Getty Images
Rossiyaning Kiselevsk shahrida joylashgan maktabda o‘qigan ikki qizning o‘ldirilishi munosabati bilan ta’lim dargohi yaqinida gullar va yumshoq o‘yinchoqlar paydo bo‘ldi. 6-sentabr, dushanba kuni Kiselevskda ikkita o‘quvchi qiz o‘g‘irlab ketildi. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, ilgari sudlangan, 41 yoshli Miski shahrining fuqarosi qo‘lga olindi.Foto: “TASS”
Suriyalik qochqin qiz ramzidagi 3,5 metrli qo‘g‘irchoq Suriya–Turkiya chegarasidan to Buyuk Britaniyaga qadar 8000 kilometr masofani bosib o‘tdi. Loyihadan maqsad jamoatchilik e‘tiborini migratsion inqirozga qaratish.Foto: Getty Images
Pokistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida toshqinlar yuzaga keldi.Foto: Getty Images
Virjiniya shtatining Richmond shahrida Konfederatsiya generali Robert Li yodgorligi Black lives matter harakatining talabi bilan demontaj qilindi.Foto: “TASS”
O‘ttiz daraja issiq va toza ob-havodan bahramand bo‘layotgan londonliklar.Foto: “TASS”
Kobuldagi AQSh elchixonasining devoriga “Tolibon” bayrog‘i chizib qo‘yildi.Foto: Getty Images
Boliviya poytaxti La-Pasda Morenada milliy raqs bayramida ishtirok etayotgan raqqosalar.Foto: AFP
Xitoy moda haftaligida Chjan Xongveyning kolleksiyasini namoyish qilayotgan model.Foto: AFP
Chuseok – Janubiy Koreyaning asosiy hosil bayramidan oldin Gvanju shahardagi milliy qabristonda qabrlar tartibga keltirilmoqda. Gvanjudagi ushbu qabristonda 1980-yil may oyida Chun Du Xvan harbiy xuntasiga qarshi norozilik namoyishlari paytida halok bo‘lgan yuzlab fuqarolar dafn qilingan.Foto: EPA
Kongress va Oliy sud bilan kurashayotgan prezident Jair Bolsonaru tarafdorlari bilan o‘z qarorgohida Braziliyaning mustaqillik kuniga bag‘ishlangan katta yig‘ilishlar o‘tkazdi.Foto: AFP
Izoh (0)