• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Reuters: O‘zbekistondagi lagerda yashayotgan afg‘on uchuvchilari vatanga qaytishdan qo‘rqmoqda

    O‘zbekistondagi lagerda bo‘lib turgan hamda AQSh dasturlari doirasida o‘qitilgan afg‘on uchuvchilari va boshqa shaxslar vatanga qaytarib yuborilishlaridan qo‘rqmoqda. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Gap qariyb uch hafta muqaddam Afg‘oniston havo kuchlarining vertolyot va samolyotlarida O‘zbekistonga uchib o‘tgan afg‘on uchuvchilari haqida ketmoqda. 16-avgust kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 585 qurollangan afg‘on harbiylari bo‘lgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot mamlakat havo hududini noqonuniy kesib o‘tgani haqida xabar berdi (keyinchalik xabar to‘liq tasdiqlanmagan deyildi). O‘shanda kuzatib borish vaqtida O‘zbekistonning MiG-29 va Afg‘onistonning Embraer 314 samolyotlari to‘qnashib ketgandi.

    18-avgust kuni O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida chodirli shaharcha barpo etilgani va u yerga 100 nafardan ziyod afg‘onistonlik qochqin joylashtirilgani haqida xabar berildi. Bundan tashqari, 650 nafar harbiy xizmatchining COVID-markazga joylashtirilgani ma’lum qilindi.

    Reuters reportajida qayd etilishicha, lager qo‘riqchilaridan biri: “Sizlar bu yerda abadiy qolib ketmaysizlar”, — deb hazillashgan. “Kutilmagan bu ogohlantirish lagerdagi bexavotirlik tuyg‘usini yanada kuchaytirib yubordi”, — deydi afg‘on uchuvchilaridan biri.

    Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, afg‘on harbiy xizmatchilari qariyb uch haftadan buyon AQSh tomonidan evakuatsiya qilinishlarini sabrsizlik bilan kutishmoqda. “Bizni qaytarib yuborishsa, 100 foiz aminmanki, bizni o‘ldirib yuborishadi”, — degan uchuvchilardan biri.

    Uchuvchi Reuters bilan uyali telefon orqali suhbatda o‘zini “erkin harakatlanishi qattiq cheklab qo‘yilgan, uzoq vaqt quyosh ostida qolayotgan, oziq-ovqat va dori-darmonlar yetarli bo‘lmagan holatdagi mahbus” kabi his qilayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqt ichida ba’zilar ozib ketgan.

    “Go‘yoki qamoqxonadamiz”, — degan uchuvchi lagerda taxminan 465 afg‘on borligini aytgan. “Bu yerda bizda erkinlik yo‘q”.

    Foto: Reuters / Maxar Technologies

    Foto: Reuters / Maxar Technologies

    Foto: Reuters / Maxar Technologies

    Foto: Reuters / Maxar Technologies

    Avgust oyi oxirida Reuters tomonidan olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida lager atrofidagi baland devorlarni ko‘rish mumkin, yashash uchun mo‘ljallangan bloklar avvalroq COVID-19 bemorlarini davolash uchun qo‘llanilgan. Lager Termiz shahri yaqinida joylashgan.

    Agentlik, shuningdek, COVID-markazdan olingan fotosuratlarni ham e’lon qilgan, ularda ikki qavatli yotoqlar bo‘lgan xonalar aks etgan. Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, mahalliy qo‘riqchilar qurollangan, ayrimlari — to‘pponchalar, boshqalari — yarim avtomat qurollar bilan.

    Avgust oyi oxirida Amerikaning The Wall Street Journal nashri rasmiy manbalarga tayanib, O‘zbekiston hukumati AQShni bir guruh yuqori malakali afg‘on uchuvchilari va ularning oilalarini mamlakatdan chiqarib yuborishga to‘g‘ri kelayotganidan ogohlantirgani haqida yozgan edi. Nashr buni “Tolibon” harakati talabi bilan bog‘liq ekanini qayd etgan.

    Reuters AQShning amaldagi va sobiq davlat xizmatchilari Amerika hukumatining afg‘onistonlik xodimlar va samolyotlarni O‘zbekistondan evakuatsiya qilishdan bosh tortayotganini tanqid qilib, “Tolibon”ning O‘zbekiston hukumatiga bosimi haqida ogohlantirmoqda.

    Senatning Qurolli kuchlar qo‘mitasi raisi, demokrat senator Jek Rid O‘zbekistondagi afg‘on uchuvchilarining ahvolidan qattiq xavotirda ekanini aytgan.

    “Bu xodimlar xavfsizligi uchun ham, qimmatli texnik bilimlari va tayyorgarligi uchun ham ‘Tolibon’ qo‘liga tushmasligi juda muhim”, — dedi u agentlikka.

    AQSh Davlat departamenti vakilining Reuters agentligiga aytishicha, Qo‘shma Shtatlar bu masala bo‘yicha sa’y-harakatlarni O‘zbekiston bilan muvofiqlashtirmoqda va afg‘on shaxsiy tarkibi va aviatsiyasi xavfsizligi ta’minlangan. U Afg‘onistonning barcha qo‘shnilarini “afg‘onlarga qochqinlar ta’qibga uchrashi mumkin bo‘lgan mamlakatlarga qaytishiga qarshi xalqaro qonunlarni hurmat qilish”ga chaqirgan.

    Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda toliblar hokimiyatga kelishidan oldin ham ularning asosiy maqsadi AQShda o‘qigan ingliz tilida so‘zlashuvchi uchuvchilar bo‘lgan. “Tolibon” jangarilari ularni kuzatib turgan va bazadan chiqqan uchuvchilarning bir nechtasini o‘ldirishgan ham.

    “Tolibon” deyarli butun Afg‘onistonni egallashidan oldingi so‘nggi kunlar va soatlarda ba’zi afg‘on uchuvchilari 46 ta samolyotda mamlakatdan chiqib ketishgan. Bu 160 ga yaqin samolyot parkining to‘rtdan biridan ko‘prog‘idir.

    Reuters afg‘on uchuvchisiga tayanib, 15 nafarga yaqin uchuvchi Embraer EMB 314 Super Tucano yengil shturmchilarini, 11 uchuvchi — UH-60 Black Hawk vertolyotlarini, 12 uchuvchi — MD-530 vertolyotlarini boshqargani, bundan tashqari, ko‘p sonli Mi-17 vertolyotlari bo‘lganini xabar qilgan.

    Lagerda o‘nlab uchuvchilardan tashqari, HHK va boshqa afg‘on xavfsizlik kuchlarining xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari borligi aytildi. Ayrimlar samolyotlarga oila a’zolari bilan chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

    “Tolibon” o‘zbek lageridagi afg‘onlarning ahvoliga izoh berish so‘roviga darhol javob bermadi, deyiladi agentlik xabarida. Biroq “Tolibon”ning yuqori martabali yetakchisi Kobul egallanganidan keyin Reuters bilan suhbatda ular uchuvchisiz uchish uskunalari va vertolyotlarni o‘g‘irlab ketishganini aytgan. Lekin u Afg‘oniston samolyotlarining O‘zbekistondan qaytarilishiga ishonch bildirgan.

    “Inshaalloh, qolgan samolyotlarimizni olamiz. (Hozir) ular Afg‘onistonda emas”, — deydi u.

    “Tolibon”, shuningdek, sobiq harbiy xizmatchilarni, shu jumladan, uchuvchilarni ham yangi xavfsizlik kuchlariga qo‘shilishga taklif qilishlarini aytgan. “Tolibon” “repressiv qotilliklar bo‘lmaydi”, deya ishonch bildirgan. Reuters uchuvchiga tayanib, chorshanba kuni afg‘on xodimlaridan biometrik ma’lumotlarni olish uchun O‘zbekistondagi chodirli shaharchaga AQSh hukumatining rasmiy vakili kelganini ma’lum qilgan.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik vakillarning paydo bo‘lishi afg‘onlarning kayfiyatini birmuncha ko‘targan, biroq ularga yordam berish-berilmasligi hozircha noma’lum.

    Avvalroq Financial Times Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Afg‘oniston qo‘shnilariga (Pokiston, shuningdek, taxminlarga ko‘ra, O‘zbekiston, Tojikiston va Eronga) qochqinlarni qabul qilish evaziga 600 million yevro to‘lab berishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • “Tolibon” harakati O‘zbekiston xalqi va rahbariyatini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi
    • Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi

    06.09.2021, 10:02   Izoh (0)   41053
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga yana 3 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi keltirildi

    06.09.2021, 09:33

    Jizzaxda qo‘l ostidagi 33 nafar farrosh va hamshira nomiga kredit rasmiylashtirib, firibgarlik qilgan katta hamshira qo‘lga olindi

    06.09.2021, 09:14

    Surxondaryoda Lacetti va Isuzu yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

    05.09.2021, 23:58

    Buxoroda shifoxonaga ishga kiritib qo‘yish evaziga fuqarodan 500 dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi

    05.09.2021, 23:37

    Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovoni 6—7-sentabr kunlari qisqa muddatga yopilishi ma’lum qilindi

    05.09.2021, 23:16

    Foto: Qashqadaryoda 38 yil avval foydalanishga topshirilgan viloyat musiqali drama teatri qayta ta’mirlandi

    05.09.2021, 21:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.