O‘zbekistonga 5-sentabr kuni Xitoydan yana 1,5 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan 10-partiyasi bo‘lib, 3 million dozadan iborat avvalgi partiya 22-avgust kuni keltirilgandi. Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 19 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 460 000 dozasi “Sputnik V”,
- 986 480 dozasi AstraZeneca,
- 15 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Izoh (0)