• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Angliya futbolda bosh bilan beriladigan zarbalar sonini cheklamoqchi. Bu futbolchilarning sog‘lig‘iga zarar yetkazyapti

    Angliyada mashg‘ulot jarayonlari uchun yangi qoida joriy qilindi: Futbol assotsiatsiyasi, Premyer Liga, Angliya futbol ligasi, Professional futbolchilar uyushmasi va Liga menejerlari assotsiatsiyasi havolatib uzatiladigan to‘plarga bosh bilan “kuchli” zarbalar sonini haftasiga 10 taga cheklashga kelishib oldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu nima degani?

    “Kuchli” zarbalarga jarima maydonchasiga qanotlardan, burchakdan va standart zarbalardan oshirilgan to‘plar kiradi. Shuningdek, avval e’lon qilingan ko‘rsatmalarda, mashg‘ulotlar jarayonida klublar, agar o‘yinchi to‘p tomon yugurayotganda uch yoki undan ko‘p qadam tashlasa yoki uni qabul qilish uchun sakrasa, bosh bilan zarbalar sonini cheklab qo‘yishi taklif qilingan. Har bir futbolchi yoshi, jinsi, pozitsiyasi, shuningdek, bosh bilan beriladigan zarbalar soni va “turini” hisobga olgan holda shaxsiy “xavfsizlik profilini” tuzish tavsiya etiladi — bu hamma bosh bilan to‘g‘ri o‘ynashi va o‘yinlarda bunday harakatlar sonini cheklashi uchun kerak bo‘lgan omil. Shuningdek, murabbiylar shtabiga ham futbolchilarning tiklanishiga yetarlicha vaqt ajratilishini ta’minlash tavsiya etiladi.

    Bu nima uchun kerak?

    Angliyada uzoq vaqt davomida bosh bilan o‘ynash xavfi to‘g‘risida “ko‘plab tadqiqotlar” o‘tkazilib kelinadi. 2019-yilda olimlar professional futbolchilarning neyrodegenerativ miya xastaliklari bilan ko‘proq kasallanishini aniqlagan. Sobiq futbolchilar orasida ham bunday kasalliklardan o‘lim topganlar futbolga aloqasi bo‘lmaganlarga qaraganda uch baravar ko‘proq. “Vest Bromvich” sobiq hujumchisi Jeff Asl, 1966-yilgi Jahon Chempionatidagi Angliya terma jamoasi a’zolari bo‘lgan Jek Charlton va Nobbi Staylz miya kasalligidan vafot etgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shuningdek, Bobbi Charlton ham aqliy zaiflikdan aziyat chekadi.

    Tadqiqot muallifi, Glazgodagi Qirolicha Yelizaveta universiteti shifoxonasi nevropatolog-maslahatchisi, doktor Villi Styuartning aytishicha, futbolchilar va regbichilarda bosh jarohatlari hamda surunkali travmatik ensefalopatiyani orttirib olishi haqida aniq dalillar bor.

    Tadqiqotlar davom ettiriladi — Angliya “barcha o‘yinchilarning sog‘lig‘ini himoya qilish uchun to‘g‘ri yo‘lda” ekanligiga ishonch hosil qilmoqchi.

    Bu tadqiqot qanday o‘tkazilgan?

    Birinchi tadqiqotda “Liverpul” U-23/U-18 va “Manchester Siti” U-18 ayollar va erkaklar jamoalarining futbolchilari tekshirilgan. Futbolchilarga ularning tana va miyasiga berilgan zarbalarning chastota va kuchi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘playdigan maxsus kapalar berilgan. Ikkinchi tadqiqotda Opta’dan olingan 2019/20-yilgi mavsum ma’lumotlar kapadagi ko‘rsatmalar bilan taqqoslanadi. Shundan so‘ng bosh bilan zarbalarning chastotasi, kuchi va yo‘nalish sxemalari mustaqil ravishda ko‘rib chiqilgan, shunda himoyachilar yarim himoyachi va hujumchilarga qaraganda ko‘proq bosh bilan zarba berishi ma’lum bo‘lgan.

    Bu qoidaga rioya qilinishi nazoratga olinadimi?

    Yo‘q. Bu tavsiya chorasi bo‘lib, unga majburiy tus berilmaydi. Ammo bayonotda klub xodimlari har bir futbolchining mashg‘ulotlarda bosh bilan o‘ynashini real vaqtda kuzatib borishi juda muhimligi aytilgan. Agar mashg‘ulot davomida o‘yinchida boshidan shikastlanish alomatlari sezilsa, darhol tekshiruvdan o‘tkazish kerak bo‘ladi.

    O‘zi bu qoidaga amal qilishning imkoni bormi?

    Ha, lekin buning uchun klublar o‘z taktikasini tubdan o‘zgartirishi kerak bo‘ladi, hozircha qaysidir jamoaning bunday qilishiga ishonish dargumon. Qoidalar juda ziddiyatli, hatto qaysidir ma’noda g‘alati (“futbol — bu kontaktlarga boy bo‘lgan sport turi”, “1966-yildan beri to‘plar ancha yengillashgan”, “bu o‘yin estetikasiga ta’sir qiladi” — bular ushbu tavsiyaga zid bo‘lgan bir qancha bayonotlar, xolos), lekin u ilmiy doiralarda yaxshi kutib olindi.

    “Bu cheklovlar nimaga asoslangani va ular amalda qanday qo‘llanilishi noma’lumligicha qolmoqda. Ayollarning bosh jarohatlariga erkaklardan ko‘ra ko‘proq moyilligi haqidagi dalillarning ko‘payishiga qaramay, ko‘rsatmalarda jinslar alohida qayd etilmagan. Erkak va ayol o‘rtasida biologik va fiziologik tuzilishda farq mavjud. Bu esa alohida yondashuvni talab qiladi”, — deydi doktor Maykl Grey.

    Tadqiqotlar hali yana olib boriladi, ammo olimlar vaqt o‘tishi bilan bu cheklovlar o‘yinlarga ta’sir qilishini, keyinchalik esa bosh bilan o‘ynashning to‘liq taqiqlanishiga olib kelishini istisno qilmaydi. Buning yaxshi yoki yomon bo‘lishini aytish qiyin, chunki futbol qoidalarini tinimsiz rivojlanayotgan organizmga o‘xshatish mumkin. Vaqt o‘tgani sari esa hamma narsaga ko‘nikish mumkin.

    05.09.2021, 20:34   Izoh (0)   21153
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eldor Shomurodov gol urgan o‘yinda Shvetsiyaga yutqazib qo‘ydi

    05.09.2021, 20:00

    Terrorchilikda ayblanib, 84 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan 8 karra Paralimpiya chempioni Sebastyan Rodriges haqida

    05.09.2021, 16:16

    JCh—2022 yo‘lida. Fransiya safarda Ukrainani yengolmadi, Niderlandiya va Turkiya yirik hisobda g‘alaba qozondi

    05.09.2021, 02:08

    Tokioda ishtirokini yakunlagan o‘zbekistonlik paralimpiyachilar, Manchesterga yetib kelgan Ronaldu, mundialda qatnashadigan futzalchilar. Eng so‘nggi sport yangili...

    04.09.2021, 22:35

    Sun’iy intellektning insoniyat ustidan qozongan ilk g‘alabasi. Grossmeyster Garri Kasparovning superkompyuterga qarshi jangi haqida

    04.09.2021, 19:41

    Eldor Shomurodov Katanes qo‘l ostidagi dastlabki mashg‘ulot, “Roma”ga o‘tishi va Abraham bilan raqobat haqida

    04.09.2021, 18:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.