Dunyo bo‘ylab 3-sentabr kuni olingan suratlarni namoyish etamiz.

Italiyaning Sareno shahridagi Zaha Hadid Maritime Station’da yangi kolleksiyani namoyish etayotgan modellar.

Foto: Getty Images

“Tolibon” kuchlari Kobuldagi Hamid Karzay xalqaro aeroporti oldida qo‘riqchilik qilmoqda.

Foto: Reuters

Kaliforniyadagi 89-avtomagistral bo‘ylab yonayotgan “Kaldor” olovining bir qismiga suv sepayotgan o‘t o‘chiruvchi Elroy Valadez.

Foto: AP Photo

Tokio-2020 Paralimpiadasida erkaklar o‘rtasidagi basketbol o‘yinida Ispaniyaga qarshi yarim finalda yiqilayotgan amerikalik Trevon Jennifer (16-raqamda).

Foto: AP Photo

Bangladeshning Shamlapur viloyatidagi baliqchilarning bolalari. Siklonlar tufayli dovullar kuchayishiga qaramay, oilalar bu yerda qolmoqda. Bu yerda kichikdan tortib kattagacha baliq ovlash va sotish bilan shug‘ullanadi.

Foto: Getty Images

Tokio moda haftaligi davom etmoqda.

Foto: EPA

Marselda o‘tayotgan Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Butunjahon Kongressi paytida Amazonka ekologik faollarining namoyishi.

Foto: Getty Images

Formula-1 Gollandiya Gran-prisining birinchi erkin mashg‘ulotini tomosha qilish uchun kelgan muxlis.

Foto: EPA

AQShning Nyu-Jersi shtatida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatlari.

Foto: Getty Images

Kobulda afg‘onistonlik ayollar yangi hukumat ularning huquqlarini cheklashi munosabati bilan norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Foto: AP Photo

Ko‘cha rassomi Banksining “Pufakli qiz” kartinasi nomi Londondagi Sotheby’s auksiondan oldingi ko‘rgazmasida “Chiqindi qutisidagi sevgi” deb o‘zgartirildi.

Foto: EPA

Yaponiyadagi Fukutok-Okanoba suv osti vulqoni otilishi aks etgan sun‘iy yo‘ldosh tasviri.

Foto: NASA

Limpopo shimolidagi qo‘riqxonada yashovchi sirtlonlar.

Foto: AFP

“Tolibon” a’zolari Kobuldagi xalqaro kriket stadionida “Afg‘oniston tinchlik himoyachilari” va “Jahon qahramonlari” jamoalari o‘rtasidagi kriket o‘yinini tomosha qilmoqda.

Foto: Getty Images

Grenlandiyaning Ilulissat portidagi qayiqlar atrofida suzib yurgan muz bo‘laklari. 2021-yilda insoniyat tarixidagi Grenlandiya muzlarining eng katta erishi kuzatilmoqda.

Foto: Getty Images

Aston Martin Bulldog – 1979-yildagi yagona kontsept-kar, London janubi–g‘arbidagi Hampton sud saroyida 35 yillik restavratsiyadan so‘ng namoyish etildi. U dastlab dunyodagi eng tez yig‘iladigan mashina sifatida ishlab chiqilgan.

Foto: AP Photo

Singapurdagi “Muzqaymoq muzeyi”dagi Sprinkle pool installyatsiyasida o‘ynayotgan bolalar. Nyu-Yorkda joylashgan muzey 19-avgustda qattiq koronavirus cheklovlari ostida Singapurda birinchi xorijiy savdo nuqtasini ochdi. Tashrif buyuruvchilar emlangan bo‘lishi yoki manfiy natijali koronavirus tahliliga ega bo‘lishi kerak.

Foto: EPA

Ko‘ngillilar Kataloniyaning Tarragona shahrida suv toshqini sodir bo‘lganidan ikki kun o‘tib ko‘chalarni tozalashni davom ettirmoqda. Toshqin oqibatida jabrlanganlar haqida ma‘lumot yo‘q.

Foto: EPA

Xitoyning Xeylunszyan provinsiyasidagi Vudalianchi geoparki osmonidagi yulduzlar. Geopark vulqonlari va issiq buloqlari bilan mashhur.

Foto: Shutterstock

Xitoy hukumati “ayolsifat erkaklar”ni televizorda ko‘rsatishni taqiqladi.

Foto: EPA

Shotlandiya qirol gvardiyasi Edinburgda 50 yilligini nishonlamoqda.

Foto: Getty Images

Firefly Aerospace kompaniyasining birinchi Alpha raketasi Kaliforniya shtatining Vandenberg kosmik kuchlari bazasidan uchirilganidan 2 daqiqa 30 soniya o‘tgach halokatga uchradi.

Foto: Reuters