Daryo

Kuz-qish mavsumi: Sariq va siyohrang kiyim-kechaklarni moslash davri

Dizaynerlar aksariyat hollarda siyohrang va sariqni katak-katak hamda shaxmat printi bilan birlashtirishni afzal biladi

2 daqiqa o‘qish31 511 ko‘rishlar0 izoh0

Bottega Veneta kolleksiyasida taqdim qilingan liboslardagi sariq va siyohrangni 2021-yilning eng mashhur ranglari deb atash mumkin. Aynan ular bilan kuz-qish mavsumining yorqin umumlashmasi bo‘ladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Ushbu bir-biriga zid, ammo qiziqarli ranglarni moslash nafaqat dizayner, balki moda ixlosmandlarining ham qalbidan joy olib ulgurgan. Trendagi har ikki rangni murakkab obrazlardan tashqari bitta kiyimning o‘zida ham uyg‘un holda moslasa bo‘ladi. Versace, Emilio Pucci va Patou brendlarining namoyishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Aksariyat hollarda ijodkorlar siyohrang va sariqni katak-katak hamda shaxmat printi bilan birlashtirishni afzal biladi.

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Mashhur bo‘lib ulgurgan ranglar uyg‘unligi erkaklarni ham befarq qoldirmagan. Dizaynerlar har ikki jins vakillariga siyohrang kofta, ko‘ylak kiyishni, yorqin sariq aksessuardan foydalanish hamda ikki xil rangni o‘zida mujassam qilgan trikotaj bilan obrazni boyitishni tavsiya qiladi. Podiumdagi chiqishlardan ilhomlanish to‘g‘ri kelmaydiganlarga esa sariq taqinchoq va sumka bilan siyohrang trench tanlash ayni muddao.

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Ushbu ranglarning umumlashmasi faqatgina kuzda dolzarb bo‘lmasligini hisobga olgan holda hozirdanoq sariq va siyohrang kiyim-kechak xarid qilish yoki garderobni ko‘zdan kechirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Foto: Harper’s Bazaar
2022-yilning bahor-yoz kolleksiyalarida ham mazkur yorqin rangdagi libos va aksessuarlarni uchratish mumkin bo‘ladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar