Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 15 yildan beri qidiruvda yurgan ayol ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2006-yilda qidiruv e’lon qilingan Buxoro tumani Gala Osiyo shahri Oybek ko‘chasi 12-uyda ro‘yxatda turuvchi, 1977-yilda tug‘ilgan R.S. ismli ayolni ushlash yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan.
U O‘zbekistonga kelishi bilan qo‘lga olingan.
Bundan avval Toshkent viloyati IIBB tomonidan 5 oyda 200 ga yaqin qidiruvdagi shaxslar ushlangani, Toshkent viloyatida yarim yil avval qalbaki dollar savdosi sabab qidiruvga berilgan shaxs turizm politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani hamda Toshkentda qidiruvdagi shaxs niqob taqmagani sabab qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)