• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Insoniyatga qarshi jinoyat”. SSSR tomonidan urib tushirilgan, 269 nafar inson hayotiga zomin bo‘lgan Boeing fojiasi

    1983-yilning 31-avgust kuni kechki payt bortida jami 269 nafar inson bo‘lgan Janubiy Koreyaning Boeing 747 samolyoti Nyu-Yorkdan Seul tomon o‘z parvozini boshlaydi. Alyaskada yonilg‘i to‘ldirish uchun to‘xtab, keyin yo‘nalishini davom ettirgan uchoq oradan bir necha soat o‘tsa-da na o‘z manziliga yetib keladi, na koreys va yapon havo radarlarida ko‘rinadi. Biroz keyinroq esa dunyo hamjamiyati ushbu samolyot va undagi insonlarning fojiali taqdiridan xabar topadi.

    Sovuq urush davrida harbiy havo to‘qnashuvlari

    Sovuq urush paytida bir-biriga qarshi ikki qutb davlatlarining barchasida harbiy tayyorgarlik hamisha yuqori nuqtada ushlab turilardi. Ayniqsa, havo parvozlari ancha xavfli bo‘lib, havo hududlari havo hujumidan himoya vositalarining doimiy hushyorligida nazorat qilingan. Xususan, 1950-yildan 1970-yilga qadar o‘n beshga yaqin AQSh samolyotlari Sovet ittifoqi harbiylari tomonidan urib tushiriladi. O‘z navbatida amerikaliklarning havo hujumidan himoya tizimi uch sovet uchog‘ini yerga qulatgan. Bu to‘qnashuvlarning aksariyati Osiyo-Tinch okean mintaqasida, SSSRning Osiyo sohillari yoki Yaponiya orollari atrofida yuz bergan.

    Yevropada ham bunday voqealar bir necha bor sodir bo‘ladi. 1953-yilning mart oyida chex uchuvchisi boshqargan Rossiyaning MiG qiruvchi samolyoti Germaniya havo hududida AQShning F-84 qiruvchi samolyotini urib tushiradi. 1958-yil sentabr oyida esa bortida olti nafar ekipaj a’zosi va o‘n bir nafar ayg‘oqchi bo‘lgan AQShning C-130 ayg‘oqchi samolyoti Sovet ittifoqi osmonida to‘rtta MiG tomonidan yerga qulatiladi. Keyinroq ekipajning barcha a’zosi o‘lgani tasdiqlangan, biroq ayg‘oqchilarning taqdiri hech qachon oshkor qilinmagan. 1964-yil o‘quv-parvoz uchun Sharqiy Germaniyaning Erfurt shahridan osmonga ko‘tarilgan AQShning T-39 samolyoti Sovet ittifoqining MiG-19 qiruvchisi tomonidan urib tushiriladi.

    Korean Air Lines flight 007 SSSR tomonidan urib tushirilgan birinchi koreys samolyoti emas

    Sovuq urush davrida vaqti-vaqti bilan yuz berib turgan bo‘lsa-da fuqarolik samolyotlariga hujumlar kamdan kam uchragan. Shunisi e’tiborliki, Sovet raketalari 1983-yildan oldin ham koreys yo‘lovchi samolyotini nishonga olgan edi. Bu voqea 1978-yil aprelda sodir bo‘lgan; o‘shanda Parijdan Seulga Shimoliy qutb orqali uchgan Koreya samolyoti SSSR havo hududiga adashib kirib qoladi.

    Kareliya SSR osmoni uzra uchayotgan koreys Boeing 707 samolyoti, SSSRning Su-15 qiruvchi-to‘xtatuvchi samolyoti tomonidan ogohlantiriladi, ammo koreys ekipaji sovet harbiylarining signallarga javob bermaydi. Finlyandiya tomon keskin burilgan koreys samolyotiga “havo havo” tipidagi raketa hujumi beriladi, ammo yo‘q qilinmaydi. Samolyot muzlagan ko‘lga muvaffaqiyatli qo‘nadi. Ikki qurbondan tashqari 109 yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining barchasi tirik qoladi va tezda rus vertolyotlari tomonidan qutqariladi.

    1978-yili qulatilgan Korean Air Lines samolyoti

    1978-yili qulatilgan Korean Air Lines samolyoti
    Foto: Historynet

    Uchuvchilarning havo hududini noqonuniy kesib o‘tgani va bir necha ogohlantirishlarga javob bermagani, qolaversa, qurbonlar ko‘p bo‘lmagani uchun Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) va Koreya Respublikasi hukumati hodisa yuzasidan SSSRga hech qanday da’vo bilan chiqmaydi. SSSR Koreya Respublikasi hisobiga yo‘lovchilar xarajatlarini qoplash uchun 100 ming dollar o‘tkazadi.

    Nyu-York — Ankorij — Saxalin — …

    1983-yilning 31-avgust oqshomida Korean Air Lines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747 samolyoti 246 yo‘lovchi (23 nafar ekipaj a’zosi) bilan Seul tomon yo‘lga chiqadi. Samolyot AQShning Alyaska shtatidagi Ankorij shahridan yonilg‘i quyib, safarini davom ettirishi kerak edi. Samolyotdagi 62 nafar AQSh fuqarosi orasida kongressmen Larri Makdonald ham bor edi. U AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasida imzolangan mudofaa to‘g‘risidagi shartnomaning 30 yilligi munosabati bilan Seulga uchayotgandi.

    Ankorijda yonilg‘i quyilgandan so‘ng samolyot havoga ko‘tariladi va janubi-g‘arbiy tomon, manzilga qarab yo‘l oladi. Xalqaro sana chizig‘i kesib o‘tilgach, sana 1-sentabrga o‘zgartiriladi. Samolyotni “avtopilot” rejimiga tushirgan uchuvchilar havo kemasi xalqaro suvlar ustida qonuniy parvoz qilayotganiga ishonadi. Ammo bir necha texnik nosozliklar va uchuvchining noto‘g‘ri qarori sabab samolyot Sibir tomon ucha boshlaydi. 007 reysi sovet harbiy baza va radiolokatsion stansiyalari joylashgan tog‘li Kamchatka yarimoroli ustidan uchib o‘tadi.

    Begona samolyotning havo hududiga ruxsatsiz kirib kelishi sovet ofitserlarida uning ayg‘oqchi samolyot ekanligi haqida shubha uyg‘otadi, hamda samolyotni kuzatish uchun qiruvchi MiG qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tariladi. Biroq koreys samolyoti qiruvchilar yetib kelmasidan SSSR havo hududini tark etib, xalqaro suvlarga chiqadi.

    Korean Air Lines Flight 007 reysining yo‘nalishi

    Korean Air Lines Flight 007 reysining yo‘nalishi
    Foto: Wikipedia

    Ammo Boeing 747 yana SSSR havo maydoniga kirib, Saxalin oroli ustidan ucha boshlaydi. Bu safar sovet qiruvchilari koreys samolyotiga ergashadi. Sovet uchuvchisi samolyotda navigatsiya va stroboskopik chiroqlarning miltillayotganini ko‘radi, bu uning ayg‘oqchi samolyot emasligini bildirardi. Sovet qiruvchilari ogohlantiruvchi raketalarini otadi, biroq ekipaj a’zolari o‘qlarni payqamaydi. Bundan tashqari koreys uchuvchilari radio qo‘ng‘iroqlarga javob bermaydi.

    Bu paytda koreys samolyoti Tokio havo harakatini nazorat qilish idorasidan balandlikni oshirish uchun ruxsat oladi va tezlikni oshirib xalqaro havo hududiga yaqinlashadi.

    Samolyotning bunday keskin harakati sovet uchuvchilari tomonidan qochishga urinish sifatida ko‘riladi va SSSR Uzoq Sharq okrugi, havo hujumidan himoya kuchlari qo‘mondoni general Valeriy Kamenskiy samolyotni urib tushirishga buyruq beradi. Sovet qiruvchilari ikkita “havo havo” tipidagi raketani uchiradi…

    Sovet uchuvchisi samolyot qulagani haqida raport beradi, biroq raketalar samolyotni darhol qulatmaydi. Havo kemasi bir necha daqiqa parvozni davom ettiradi. Dastlab dahshatli hayqiriqlar osmonni qoplaydi, keyin esa samolyot qulashni boshlaydi. Koreys samolyoti Saxalin orolining janubidagi Moneron oroli yaqinida okeanga qulaydi va 007 reysi bortidagi barcha halok bo‘ladi.

    Rasmiy Moskvaning hodisani rad etishi va yashirishi

    Sovet ittifoqi darhol halokat yuz bergan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlaydi. Biroq Moskva samolyot urib tushirilganini rad etadi va hodisa joyi haqidagi ma’lumotlarni yashiradi. Tez orada AQSh va Yaponiya maxsus xizmatlari sovet uchuvchisi hamda ofitseri radioaloqasi yozilgan yozuvni qo‘lga kiritadi. Natijada SSSR Boeing 747 urib tushirilganini tan oladi, Moskva rasmiylari bu hodisani “AQSh maxsus xizmatlari tomonidan puxta uyushtirilgan provokatsiya” deb ta’rifladi.

    SSSR Qurolli kuchlari Bosh shtabi qo‘mondoni Nikolay Ogarkov 1983-yil 1-sentabrdagi matbuot anjumanida

    SSSR Qurolli kuchlari Bosh shtabi qo‘mondoni Nikolay Ogarkov 1983-yil 1-sentabrdagi matbuot anjumanida
    Foto: “TASS”

    AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya kemalari samolyot qoldiqlari va jasadlarni topish uchun yuboriladi, ammo Sovet qidiruv kemalari ularga xalaqit berib, operatsiya samarasiz tugashiga sabab bo‘ladi. Sovetlar 1983-yilning oktabrida samolyotning qora qutisini topadi, lekin bu ma’lumot sir saqlanadi.

    Javob

    Harbiy samolyotning fuqaro samolyotini urib tushirishi AQShning ham, uning G‘arbdagi ittifoqchilarning ham keskin noroziligiga sabab bo‘ladi. Boeing 747 halokati AQSh—SSSR munosabatlarini Karib inqirozidan keyingi eng tarang nuqtaga olib keladi.

    5-sentabr kuni AQShning amaldagi prezidenti Ronald Reygan butun xalqqa murojaat qilib, Sovet ittifoqining hujumini qoralaydi. Prezident buni “insoniyatga qarshi jinoyat, inson huquqlari bo‘yicha barcha konsepsiyalarning buzilishi” deb ataydi. BMT Sovet ittifoqining harakatlarini qoralovchi rezolyutsiya qabul qiladi. SSSR aviakompaniyasi Aeroflot’ning AQShda ishlash litsenziyasi bekor qilinadi.

    ICAO ushbu voqeadan keyin fuqaro samolyotlariga harbiy qurol ishlatishni taqiqlash to‘g‘risida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi konvensiyasiga tuzatish kiritdi.

    Muhammadqodir Sobirov tayyorladi

    01.09.2021, 20:36   Izoh (0)   108836
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.