• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ qoshidagi “Rim ustaxonasi” MChJda amalga oshirilgan innovatsion ishlar

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 23-fevralda qabul qilingan “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 3559-sonli qarori respublika paxta sanoatida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish uchun huquqiy zamin yaratdi.

    Mazkur qarorga asosan, ilmiy markaz qoshidagi “Rim ustaxonasi” MChJning faoliyati tubdan takomillashtirildi. Ushbu korxona Paxtasanoat respublika ilmiy markazining eksperimental-mexanika sexi va “Bektemir paxta tozalash zavodi” OAJning mexanika sexi negizida 1998-yilda tashkil topgan bo‘lib, asosiy faoliyat yo‘nalishi ilmiy markaz laboratoriyalarining talabiga binoan stend qurilmalari, asbob-uskunalar, yangi turdagi mashinalarning namunalarini tayyorlab berish etib belgilangan. Korxona, shuningdek, paxta tozalash zavodlari uchun nostandart bo‘lgan uskunalar, alohida qismlar va uzellar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

    O‘tgan davr mobaynida ilmiy markazga biriktirilgan tajriba-eksperimental korxonalarida “Rim ustaxonasi” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan yangi turdagi mashina va mexanizmlarning sinovlari rayonlashtirilgan paxta xomashyosining texnik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda olib borildi.

    Hozirgi kunda “Rim ustaxonasi” MChJ tomonidan paxta tozalash korxonalari uchun 72 turdagi mashina-mexanizmlar va ehtiyot qismlar yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga bu yerda arrali jinlar uchun samaradorligi yuqori bo‘lgan, arrali disklar ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yil yakuniga qadar korxonada paxta tozalash zavodlarining asosiy ishlab chiqarish uskunalari hisoblangan jin, linter va UXK paxta tozalash uskunalarining takomilllashtirilgan nusxalari tayyorlandi.

    Metallga ishlov beruvchi zamonaviy frezer uskunasi CHPU Vcenter-P106

    Metallga ishlov beruvchi zamonaviy frezer uskunasi CHPU Vcenter-P106

    Ilmiy markaz tasarrufidagi “Rim ustaxonasi” MChJ tomonidan ham 2020-yilda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, ishlab chiqarish sexidagi dastgohlar to‘liq ishchi holatga keltirildi. Bundan tashqari, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini oshirish maqsadida, texnopark uchun zamonaviy SDB (sonli dasturli boshqariluvchi) dastgohlar, jumladan, Uzstanex (Rossiya) firmasidan plazmali metall qirqish dastgohi, Perytone Engineering (Rossiya) firmasidan frezerlash va tokarlik dastgohlari hamda Ermak (Xitoy Xalq Respublikasi) firmasidan keltirilgan metall listlarni bukish dastgohi xarid qilinib, ishlab chiqarish sexiga o‘rnatish orqali ishga tushirildi.

    Metallga ishlov beruvchi zamonaviy Vturn-40 tokarlik dastgohi

    Metallga ishlov beruvchi zamonaviy Vturn-40 tokarlik dastgohi

    Xitoy Xalq Respublikasining Hebei Hanwu Group firmasi hamkorlikda korxonamiz tomonidan djin-linter uskunalari uchun disk, kolosniklar va prokladkalar hamda remenlar ishlab chiqarilmoqda.

    Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi PQ 3559-sonli qarori ilovasida keltirilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida “Rim ustaxonasi” MChJ tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

    • urug‘lik chigitni takomillashtirilgan tuksizlantirish uskunasi tayyorlandi;
    • separator-tozalagich uskunasi ishlab chiqarildi;
    • ikki xil konstruksiyadagi 4.5 metr kub hajmli siklon ishlab chiqildi va “Bog‘dod paxta tozalash” korxonasida tajriba-sinov ishlari olib borildi;
    • paxta terish mashinasida terilgan paxtaning iflosligi va namligi yuqori bo‘lgan xomashyosini birlamchi tozalash PT-10 rusumli uskunasi “Bog‘dod paxta tozalash” korxonasida o‘rnatilib, tajriba-sinov ishlari olib borildi;
    • avtomat gorelkali issiqlik agenti TGU qurilmasi bo‘yicha “Bog‘dod paxta tozalash” korxonasida tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi;
    • UXK tozalash tizimidan ajratilgan chiqindi tarkibidagi paxtani regeneratsiyalash 2-RX uskunasi “Bog‘dod” va “Qiziriq paxta tozalash” korxonalarida o‘rnatilib, tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-martdagi “2020—2021-yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” gi 136-sonli qarorining 1.1 ilovasida, iqtisodiyot tarmoqlarida har bir loyiha va mahalliylashtiriladigan mahsulot turlarini ishlab chiqarish parametrlari bo‘yicha 18-bandida ko‘rsatib o‘tilgan topshiriqlar “Rim ustaxonasi” korxonasi tomonidan amalga oshirilishi bilan bir qatorda korxonani yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turlarini ko‘paytirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, ishlab chiqarish sexi texnoparkini qo‘shimcha texnologik jihozlar bilan ishlab chiqarish quvvatini oshirish rejalari ustida ishlar olib borilmoqda.

    Bugungi kunda “Rim ustaxonasi” MChJ respublikadagi mavjud bo‘lgan barcha paxta-to‘qimachilik klasterlari tizimidagi paxta tozalash korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ularning talabidan kelib chiqib, zarur bo‘lgan butlovchi ehtiyot qismlar va mashinalar shartnoma asosida tayyorlab beriladi.

    “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ matbuot xizmati

    29.08.2021, 12:00   Izoh (0)   21943
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik talaba Harvard universitetiga o‘qishga kirdi

    28.08.2021, 18:00

    Hyundai Tucson modelining yangi avlodi — model tarixidagi avtomobil haydashning yangi davri

    28.08.2021, 15:00

    “Hamkorbank” — 30 yillik tajriba, xalqaro maydonda tan olinish, xizmatlar sonining ortib borishi, yanada qulaylik va ishonch

    28.08.2021, 12:00

    “Sohibkor dehqon bozori” MChJning 2-tipdagi zamonaviy savdo majmuasi sotilmoqda

    27.08.2021, 18:00

    Yangilangan do‘konning ochilishi

    27.08.2021, 15:00

    FDG developerlik kompaniyasi turar joy majmualarida narxlarning oshishi haqida ma’lum qiladi

    27.08.2021, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.