• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Fergyusondan qo‘ng‘iroq, Fernandeshning maslahati va 25 mln funtlik maosh. Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi tafsilotlari

    Krishtianu Ronaldu “Manchester Siti”ga o‘tishi kutilgan bir vaziyatda barchasi o‘zgarib ketdi. Hammasi bir necha soat ichida o‘zgarib ketdi: Krishtianu “Manchester Yunayted”ga qaytadigan bo‘ldi.

    The Athletic’ning ma’lumotlariga ko‘ra, transfer narxi 15 million yevroga (+8 million bonus) baholangan. Ronaldu esa 2 yillik shartnoma imzoladi va yiliga 25 million funt oladigan bo‘ldi.

    Quyida ushbu transfer tafsilotlari bilan tanishamiz.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Nega “Yunayted”?

    Krishtianu 2003-yildan 2009-yilga qadar Aleks Fergyuson qo‘l ostida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. Afsonaviy shotlandiyalik murabbiy qo‘l qovushtirib o‘tirmadi va Ronalduning transferiga o‘z hissasini qo‘shdi. Jurnalist Samuel Lakherstning (Manchester Evening News nashriga “Manchester Yunayted” bo‘yicha xabarlar yozadi) ta’kidlashicha, rahbariyat transfer oldidan Fergyuson bilan maslahatlashgan.

    Yana bir muhim jihat — bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherning pozitsiyasi. 2003-yildan 2007-yilga qadar birga o‘ynagan jamoadoshining qaytishidan u ham xursand. Norvegiyalik mutaxassis 36 yoshli futbolchining ulkan tajribasi yoshlar uchun o‘rnak bo‘ladi deb hisoblaydi. Transferdan bir necha soat oldin u Krishtianu haqida iliq fikrlar bildirgandi.

    Biz doim yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. Brunu Fernandesh u bilan suhbatlashgan. Ronaldu haqida biz qanaqa fikrda ekanligimizni u biladi. Krishtianu ‘Yuventus’dan ketayotgan bo‘lsa, bizni qayerdaligimizni biladi. Ronaldu — ‘Manchester Yunayted’ afsonasi. U bilan birga o‘ynash sharafiga muyassar bo‘lganman. Ko‘ramiz, buyog‘i nima bo‘lar ekan.

    Ole-Gunnar Sulsher, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi

    Krishning o‘zi ham qaytayotganidan xursand. “Qoyilmaqom kambekka tayyorman”, — deb agentiga murojaat qilgani haqida xabar qildi Fabritsio Romano.

    Avvalroq Krishtianuning “Real”ga qaytmasligini aytgan Karlo Anchelotti ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi: “Ronalduning o‘zi sevgan jamoaga qaytayotgani, albatta, yaxshi xabar”.

    Sky Sports jurnalisti Keyv Koliholning aytishicha, “Manchester Yunayted”dan taklif bo‘lgach, Ronaldu darhol boshqa takliflarni rad etgan. Mankunianlar ushbu yozda Krishtianu transferini rejalashtirmagan edi. “Yuventus” uni qo‘yib yubormasligiga ishonardi. Ammo imkoniyat paydo bo‘lishi bilan manchesterliklar transfer uchun kurashga qo‘shildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Manchester Yunayted” kim bilandir xayrlashadimi?

    Jeydon Sancho va Rafael Varanni xarid qilgan “Manchester Yunayted” transfer bozorida ancha jarangdor ishtirok etdi. Endi klub maoshlarni to‘lashi uchun yanada ko‘proq pul zarur.

    Xabarlarga ko‘ra, 7-raqam egasi Edinson Kavani jamoada qoladi. “Vest Hem” Jessi Lingardni o‘z safiga qo‘shib olish istagida. Lekin Sulsher angliyalik futbolchiga ishonishini aytib o‘tdi.

    “U hali ham rejalarimga kiradi. Lingardni ‘Yunayted’ safida ko‘rishni xohlayman. O‘tgan mavsum oxirida ‘Vest Hem’ tarkibida nimalar qilganini hamma ko‘rdi. Jessi o‘ziga ishongan holda tarkibga qaytdi. U jamoada qoladi va asosiy tarkib uchun kurashadi”, — dedi Sulsher.

    Ronaldu “Yuventus” bilan qanday xayrlashdi?

    Portugaliyalik futbolchining “Yuventus” bilan shartnomasi 2022-yilda yakuniga yetishi kerak edi. Ammo tomonlar hozir aloqalarni uzishga rozi bo‘ldi. Turinliklar koronavirus pandemiyasi sabab moliyaviy inqirozga uchradi. Maoshlar va xarajatlarni kamaytirish borasida bosh qotirayotgandi. Lekin klub portugaliyalikni sotishi haqida hech qayerda e’lon qilmadi.

    Krishtianu Italiyadagi barcha musobaqalarda g‘olib bo‘ldi. Ammo Chempionlar Ligasi sovrinini qo‘lga kiritish nasib etmadi. Yangi mavsum boshida jamoadan ketmoqchiligini aytdi. Payshanba kuni Jorje Mendesh Turinga uchib keldi. “Yuventus” agentga futbolchiga xaridor topish uchun bir necha soat vaqt berdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Juma kuni Ronaldu “Yuventus” bazasiga tashrif buyurdi va jamoadoshlari bilan xayrlashib, 40 daqiqadan so‘ng u yerni tark etdi. Bosh murabbiy Massimiliano Allegri futbolchi jamoani tark etayotganini tasdiqladi: “Ronaldu qaydnomaga kirmaydi. Kecha u menga endi jamoada o‘ynamasligini aytdi. Bugun mashg‘ulotlarda ham ishtirok etmadi. Krishtianudan xafa emasman. U ‘Yuventus’ni tark etishni xohladi, bu uning tanlovi. Hozir yangi jamoa izlamoqda. Hayot shunaqa ekan”.

    Kunning ikkinchi yarmida Ronaldu Turinni tark etdi.

    “PSJ” va “Manchester Siti”ga nima bo‘ldi?

    Messi va Ronalduni bir jamoada ko‘rishning imkoni bo‘lmadi. Parij jamoasi xo‘jayini Nossir al-Halayfi Ronaldu bilan shartnoma imzolanmasligini tasdiqladi.

    “Manchester Siti” esa shartnoma taklif qilishga ulgurmasdan, transfer uchun kurashdan chiqdi. “Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola portugaliyalik futbolchi jamoaga moslashib ketishiga shubha bilan qaragan.

    Lekin Pepning o‘zi futbolchining o‘zi qaror qabul qilishi haqida gapirgandi: “Qayerda o‘ynashni Krishtianuning o‘zi hal qiladi. Ronaldu va Messi ajoyib futbolchilar. Ular — oxirgi 20—30 yillikning eng yaxshi futbolchilari”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Krishtianuning “shaharliklar” safiga o‘tishi mumkinligini eshitgan Rio Ferdinand hayron qoldi. Payshanba kuni u Ronalduga qo‘ng‘iroq qilib, “Manchester Siti”ga o‘tmayotganini aytishni so‘ragan.

    “Undan ‘Manchester Siti’ga o‘tmayotganini tasdiqlashini so‘radim. Ronaldu ‘Yo‘q’ degan javob aytishini kutgandim. Farzandlarim Ronalduning ‘Manchester Siti’ formasini kiyganini ko‘rishini istamayman.

    Agar ‘Yunayted’ va ‘Siti’ bilan bir stol atrofida o‘tirib, ‘Siti’ni tanlasa, biz xafa bo‘lishimiz uchun sabab bo‘lardi. U ‘Manchester Yunayted’dan boshqa jamoani tanlamasligi aniq edi. Ronaldu qadriyatlarni hurmat qiladi”.

    “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronaldu bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi. Ronaldu yaqin orada Manchester klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, shartnoma imzolaydi.

    29.08.2021, 18:00   Izoh (0)   29885
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tokio—2020. Sharif Xalilov bronza medaliga ega chiqdi va ikki karra Paralimpiya o‘yinlari sovrindoriga aylandi

    29.08.2021, 14:12

    Mahmud Murodov UFC’dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

    29.08.2021, 07:37

    La Liga. “Real” safarda Sevilya klubini mag‘lub etib, 1-o‘ringa chiqib oldi

    29.08.2021, 03:39

    A Seriya. Ronaldusiz “Yuventus” o‘z maydonida musobaqa debyutantiga yutqazdi

    29.08.2021, 03:20

    Mahmud Murodov 29-avgust tongida UFC’da navbatdagi jangini o‘tkazadi

    29.08.2021, 00:21

    Bundesliga. “Bavariya” “Herta”ga javobsiz 5 ta gol urdi, Levandovskidan het-trik. “Borussiya D” 5 ta gol urilgan o‘yinda bazo‘r g‘alaba qozondi

    29.08.2021, 00:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.