Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sharif Xalilov Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bronza uchun kechgan bahsda Xalilov Braziliya vakili Tenerio da Silvaga qarshi tatamiga chiqdi. “Oltin ochko”larga qadar cho‘zilgan bahsda o‘zbekistonlik sportchi ippon bahosi bilan raqibini taslim etdi va medalga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Sharif Xalilov 2012-yil Londonda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 12 taga yetdi — 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.
Izoh (0)