NASA Dragon kosmik kemasi yordamida Falcon 9 raketa-tashuvchisi parvozini noqulay ob-havo sharoiti sabab bir kunga kechiktirdi. Bu haqda idora matbuot xizmati o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Noqulay ob-havo sharoiti sabab SpaceX kompaniyasining yukni yetkazib berish borasidagi bugungi missiyasi kechiktiriladi”, — deyiladi xabarda.
Raketa parvozi 29-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 12:14 da amalga oshiriladi.
SpaceX kompaniyasiga tegishli Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga CRS-23 missiyasi doirasida parvoz qilib, orbitaga ilmiy tajribalar uchun materiallar, asbob-uskuna va ekipaj uchun birlamchi zarur buyumlarni eltishi kerak.
Kosmik kema parvozi Floridadagi Kanaveral burnidan Falcon 9 raketa-tashuvchisi yordamida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, may o‘rtalarida Amerikaning Falcon 9 raketa-tashuvchisi 52 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlari, shuningdek, Capella Space va Tyvak-0130 kompaniyalarining ikkita sun’iy yo‘ldoshlari bilan birga uchirgandi.
Izoh (0)