O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha reyslari yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, 30-, 31-avgust hamda 1-sentabr kunlari Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida 764/763-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
- 764-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ushbu kunlarda Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalidan 08:30 da;
- 763-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Samarqand temiryo‘l vokzalidan 17:00 da harakatini amalga oshiradi.
Izoh (0)