• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlarning manfaatini e’tiborga oladigan hukumat shakllanishi tarafdorimiz” — O‘zbekiston TIV

    Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida Tashqi ishlar vazirligining 2021-yil birinchi yarim yillik faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

    Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

    Hisobotdan so‘ng Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyevga Afg‘oniston masalasidagi savol bilan yuzlangan.

    “Bugungi kunda juda ko‘p davlatlar tomonidan ekstremistik-terroristik harakat deb tan olingan ‘Tolibon’ning bizga qo‘shni bo‘lgan Afg‘onistonda rahbarlikka kelgani munosabati bilan siz O‘zbekiston tashqi siyosatini qanday ko‘rasiz?”, — deya so‘ragan senator.

    “Siz ko‘targan masalangiz nafaqat mintaqamiz, balki xalqaro xavfsizlik tartibidagi dolzarb mavzu. Hammamiz yaxshi bilamiz, Afg‘onistonda hozir yangi voqelik, yangi vaziyat yuzaga kelgan. Hozir Afg‘onistonda oldindan prognoz qilib bo‘lmaydigan jarayonni kuzatyapmiz. Lekin bitta narsani bilishimiz kerak, hurmatli Prezidentimiz belgilab bergan tashqi siyosat tamoyillari asosida, bevosita Afg‘oniston bilan munosabatlarimiz yo‘nalishlarida belgilab bergan fundamental yondashuvlar, asosiy vazifalar doirasida bugun emas, anchadan beri O‘zbekiston Afg‘onistondagi tinchlik jarayonlariga bevosita hissa qo‘shib kelyapti”, — deydi Farhod Arziyev.

    U Prezident tashabbusi bilan 2018-yilda Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha maxsus xalqaro konferensiya o‘tkazilgani, 2021-yilda Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo xalqaro konferensiyasida ham Afg‘oniston mojarosi muhim mavzulardan biri bo‘lganini tilga olgan.

    “Eng avvalo, biz Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlarning manfaatini e’tiborga oladigan, ularning o‘zaro tinchlik muzokaralari natijasida erishiladigan hukumat shakllanishi tarafdorimiz. Biz Afg‘onistonda qurolli kuch ishlatish yo‘li bilan afg‘on muammosi hal bo‘ladi degan yondashuvdan doim yiroq bo‘lganmiz”, — deydi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.

    Uning ta’kidlashicha, “Afg‘onistonda ‘Tolibon’ harakati hokimiyat tepasiga kelgan, mamlakatni to‘laligicha nazorat qilyapti deyish mumkin”.

    “‘Tolibon’ harakati bilan bir necha yillardan beri muloqot qilib kelyapmiz. Va, albatta, ‘Tolibon’ga ham Afg‘oniston jamiyatining inkor etib bo‘lmaydigan faktori sifatida yondashamiz. Keyingi yondashuvlarimizda ham aynan mana shu prinsiplar biz uchun asosiy yo‘nalish bo‘lib qoladi. Afg‘oniston yon qo‘shnimiz, jon qo‘shnimiz, qolaversa, bu davlatga Markaziy Osiyoning ham ajralmas qismi sifatida qaraymiz”, — deydi TIV vakili.

    Arziyev so‘zi yakunida Afg‘onistonda barqaror tinchlik o‘rnatish, uni xalqaro rivojlanishi uchun zarur omillarni yaratishga qaratilgan hamma sa’y-harakatlarda O‘zbekiston faol ishtirok etishini qo‘shimcha qilgan.

    Mavzuga doir:

    • Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar davlat vaziri bilan Afg‘onistondagi voqealarni muhokama qildi
    • Afg‘onistonda etnik o‘zbeklar va tojiklar “Tolibon”ga qarshi koalitsiya tuzmoqda (video)
    • Afg‘onistonning 150 nafar fuqarosi orqaga qaytarilgan, “Tolibon” ularning xavfsizligini kafolatlagan — O‘zbekiston TIV

    26.08.2021, 13:43   Izoh (0)   18320
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston prezidentligi sayloviga Alisher Qodirov nomzodi tasdiqlandi

    26.08.2021, 13:16

    Samarqandda 17 kunlik qizini 4 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

    26.08.2021, 13:12

    “O‘zgidromet” 27-avgustda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    26.08.2021, 12:48

    Surxondaryodagi maktabda o‘zaro janjallashgan o‘qituvchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    26.08.2021, 12:10

    “Hech qaysi vazir o‘rinbosariga aloqasi yo‘qligi aniqlandi”. Toshkent shahar IIBB janjal ko‘targan qoidabuzar ayol videosiga munosabat bildirdi

    26.08.2021, 11:25

    Toshkent metrosining barcha yo‘nalishlari 30-avgustdan boshlab soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi

    26.08.2021, 11:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.