• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev bir qator xorijiy davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

    Shavkat Mirziyoyev 25-avgust kuni xorijiy davlatlarning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ruminiya elchisi Daniyel Kristian Chobanu, Polsha elchisi Radoslav Gruk, Tojikiston elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Shveysariya elchisi Konstantin Obolenskiy va Germaniya elchisi Tilo Klinnerdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

    Davlat rahbari yangi tayinlangan elchilarni Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi keng miqyosli demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davom etayotgan muhim tarixiy davrda mamlakatda diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy tabrikladi.

    Amalga oshirilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, Prezident xorijiy hamkor mamlakatlar, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlar va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini alohida qayd etdi.

    2021-yil avgust oyining boshida Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, ushbu tadbir yaqin mintaqaviy hamkorlikning kun tartibi keng ekanligini yana bir bor namoyish etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston yetakchisi Afg‘onistondagi vaziyat rivoji bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratdi. Bugun ushbu mamlakatda ro‘y berayotgan voqealar butun xalqaro hamjamiyatda tashvish uyg‘otayotgani ta’kidlandi.

    O‘zbekiston afg‘on inqirozini tez fursatda tartibga solishga ko‘maklashish uchun muhim tashabbuslarni ilgari surayotgani va zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirayotgani qayd etildi.

    Jumladan, 2021-yilning 15–16-iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaning maqsadi Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishi va iqtisodiy tiklanishga ko‘maklashadigan yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish uchun sharoitlarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

    O‘zbekiston Prezidenti mamlakatning yangi elchilar vakillik qilayotgan davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorligining istiqbollariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

    Ruminiya bilan ikki tomonlama amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Bu, avvalo, o‘zaro savdo hajmini oshirish, to‘qimachilik, kimyo va farmatsevtika tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yishdir.

    Shu munosabat bilan qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish, muloqot va almashinuvlarni, shu jumladan tashqi siyosiy idoralar darajasida faollashtirish taklif etildi.

    Xalqaro tashkilotlar va Yevropa Ittifoqi bilan muloqot doirasida Ruminiya bilan hamkorlik qilishga ham muhim e’tibor qaratilmoqda.

    Polsha O‘zbekistonning Yevropadagi ishonchli an’anaviy hamkoridir. Keyingi yillarda ko‘p qirrali O‘zbekiston–Polsha hamkorligi izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p tomonlama muloqot va Vishegrad guruhi doirasidagi hamkorlik mustahkamlanib bormoqda.

    Shu bilan bir qatorda, ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, kichik biznes va innovatsiyalar, ta’lim va turizm kabi sohalarda hali ishga solinmagan katta salohiyatga ega.

    O‘zbekiston yetakchisi bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlar amaliy sheriklikni kengaytirishga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlashini ta’kidladi.

    Davlat rahbari O‘zbekiston–Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarida sezilarli yuksalishga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Bunga ikki birodar mamlakat yetakchilarining muntazam uchrashuvlari va siyosiy irodasi xizmat qilmoqda.

    O‘zbekiston Prezidenti 2021-yil iyun oyida Tojikistonga amalga oshirgan tarixiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar va aniq kooperatsiya loyihalarini to‘liq hajmda amalga oshirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

    Bundan tashqari, mamlakatlar xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida yaqindan hamkorlik qilib, bir birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shveysariya bilan munosabatlar istiqboliga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston Prezidenti siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va birgalikdagi iqtisodiy loyihalarni ilgari surish muhim ekanini ta’kidladi.

    Bank-moliya sohasi, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, Orolbo‘yidagi vaziyatni yaxshilash uchun moliyaviy-texnik ko‘mak dasturlarini kengaytirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

    Qo‘shma Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasidagi amaliy sheriklikning yangi kun tartibini ishlab chiqish muhim ekani qayd etildi. O‘zbekiston Germaniya bilan keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish va strategik sheriklikni mustahkamlashdan manfaatdor.

    Davlat rahbari ta’kidlaganidek, oliy darajadagi muntazam muloqotlar O‘zbekiston–Germaniya munosabatlarida yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi. Global iqtisodiy inqiroz oqibatlariga qaramay, o‘zaro savdo hajmi, Germaniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma kooperatsiya loyihalari soni ortmoqda.

    Bundan tashqari, respublikamizda KfW banki, Germaniya savdo-sanoat palatalari uyushmasi hamda Kichik va o‘rta biznes birlashmasi ofislari o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli boshlagani qayd etildi. Ishbilarmonlar o‘rtasidagi aloqalarning faollashishi ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

    Prezident so‘zini yakunlar ekan, diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning O‘zbekiston bilan do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

    Qisqa suhbatda diplomatlar samimiy qabul va mamlakatda samarali faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi. Elchilar mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdi.

    Mavzuga doir:

    • Hojiboy Tojiboyevdan Mirza Azizovgacha. O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan marhum ijodkorlar mukofotlandi
    • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh faol fuqarolarni mukofotladi

    25.08.2021, 19:12   Izoh (0)   11248
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar prezident saylovida qanday ishtirok etishi ma’lum qilindi

    25.08.2021, 18:42

    Afg‘onistonda ham saylov uchastkalari tashkil etiladi – Tashqi ishlar vazirligi

    25.08.2021, 18:11

    Navoiyda qishloq xo‘jaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan 2,5 mlrd so‘mlik kredit mablag‘i talon-toroj qilingani aniqlandi

    25.08.2021, 17:41

    Toshkentda fuqaroni Qirg‘izistonga o‘qishga kiritib, uni Toshkentdagi farmatsevtika institutiga ko‘chirib berish uchun 3,5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

    25.08.2021, 17:25

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarildi

    25.08.2021, 16:40

    O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili an’anaviy shaklda boshlanadi

    25.08.2021, 16:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Farg‘onada xonadonlardan biri yonayotgan “dom”dan 7 kishi qutqarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:55

    BMT Isroil armiyasi va xavfsizlik kuchlarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

    Dunyo | 20 iyun, 17:45

    Aktyor Burak O‘zchivit imijini o‘zgartirdi — muxlislar uni tanimay qolishdi (foto)

    Kino | 20 iyun, 17:37

    “Daryo” tanqididan so‘ng Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:34

    Ummonda tutqunlikda saqlangan ayol bolalari bilan O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:24

    O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududga chigirtka tarqalgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.