O‘zbekiston Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi OTMlarda yangi o‘quv yili qay shaklda boshlanishiga aniqlik kiritdi.
Unga ko‘ra, rasman oliy ta’lim muassasalarida 2021/2022-o‘quv yili 6-sentabrdan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun an’anaviy (oflayn) shaklda boshlanadi.
Avvalroq vazirlik talabalardan pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, ularning ota-onalaridan ham farzandlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan qarashlari va, albatta, vaksinatsiya jarayonida faol ishtirok etishlarini so‘ragan.
“Emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda o‘zlari hamda professor-o‘qituvchilarning ham sog‘-salomat bo‘lishini ta’minlaydi”, – deyilgandi xabarda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)