Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan 4 kishiga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ular:
- Muhammad Ahmedov — Buxoro viloyati “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi rahbari;
- Shavkat Ayupov — O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori;
- Ibrohim G‘ofurov — Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
- Munojotxon Yo‘lchiyeva — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri.
Ushbu unvon bilan taqdirlangan shaxsga oliy nishon — “Oltin yulduz” medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi hujjat topshiriladi. Ushbu medal 750 darajali (probali) oltin qotishmasidan tayyorlanadi va old tomonida har bir qirrasining ikki yonbag‘ridan oltin nurlar taralgan sakkiz qirrali yulduz shaklida bo‘ladi.
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqiga yoki pensiyaga qo‘shimcha ravishda eng kam oylik ish haqi miqdorida oy sayin to‘lanadigan ustama mukofot oladi, qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan imtiyozlardan foydalanadi.
Izoh (0)