• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “O‘marib ketilgan” “Milan” va uddaburon “PSJ”. 2021-yil yozida erkin agent maqomida jamoasini o‘zgartirgan yulduzlar

    Koronavirus pandemiyasi tufayli aksariyat klublar qimmat transferlarni amalga oshira olmadi. Biroq inqiroz davri bo‘lishiga qaramay baribir tarkibni kuchaytirish kerak, shu bois ushbu yozda futbolchilarni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish holatlari ko‘paydi. Erkin agent deganda sobiq klublari bilan shartnomasi tugagan va uni uzaytirmagan futbolchilar tushuniladi. Odatda o‘rtamiyona futbolchilar erkin agent sifatida jamoasini o‘zgartirardi. Ammo bu safar erkin agentlarning aksariyati yulduz darajasidagi futbolchilar bo‘ldi. “Chempionat” Transfermarkt portaliga tayanib, transfer narxi 10 million yevrodan yuqori bo‘lgan futbolchilarni (erkin agentlarni) bir sahifaga jamladi. Aytish mumkinki, ushbu transfer oynasida “Milan” shunchaki to‘nab ketildi.

    Janluiji Donnarumma, “PSJ”

    Transfer narxi: 60 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Milan” o‘z tarbiyalanuvchisi uchun, taxminan, sakkiz million yevro maosh taklif qildi, ammo darvozabon 12 million so‘radi. Bu summa esa klub uchun ko‘plik qildi. Shu tariqa Yevro—2020 o‘rtasida Donnarumma erkin agentga aylandi. Vaziyatni kuzatayotgan “PSJ” darhol ishga kirishdi va italiyalik posbonga o‘zi xohlagan maoshni taklif qildi. Ushbu vaziyatda “PSJ”ning qarorini tushunish qiyin, chunki jamoada Keylor Navasdek yetuk darvozabon bor edi.

    Mavzuga doir: Donnarummaning narxi 6 yilda 120 baravarga oshdi. “PSJ” Yevro—2020 ning eng yaxshi o‘yinchisini tekinga qo‘lga kiritgani haqida

    David Alaba, “Real”

    Transfer narxi: 55 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Markaziy va chap qanot himoyachisi “Bavariya” bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi va “Real”ga yo‘l oldi. Myunxen klubi ochiqchasiga undan norozi ekanini bildirdi, Oliver Kan klub futbolchiga anchayin “yog‘li” shartnoma taklif qilganini aytdi. Alabaning o‘zi esa har doim “Real”ning afsonaviy oq libosida o‘ynashni xohlaganini ta’kidladi. Avstriyalik bu haqida gapirmasa ham, maoshi sezilarli darajada “jozibali”: yiliga 12 million yevro. Madridliklar uchun esa bu shunchaki ajoyib transfer.

    Memfis Depay, “Barselona”

    Transfer narxi: 45 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kataloniyaliklarning katta moliyaviy muammolari bor, lekin ko‘plab futbolchilar hamon bu jamoada o‘ynashni xohlaydi. Depay Messi bilan o‘ynash uchun hatto “Lion”dagi maoshidan kamroqqa ham rozi bo‘lgandi, biroq unga daho bilan birga to‘p tepish nasib etmadi. Niderlandiyalik hujumchi so‘nggi mavsumlarda o‘zini ko‘rsatmoqda, hozir u 27 yoshda va aytish mumkinki, faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida.

    Xoqon Chalxono‘g‘lu, “Inter”

    Transfer narxi: 35 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ushbu yozda “Milan”ni tekinga tark etgan yana bir kuchli futbolchi Xoqon bo‘ldi. Uning jamoadan ketganidan muxlislarning xursand bo‘lishi dargumon, lekin klub Xoqonning maoshini oshirish haqidagi istagini rad etdi. Natijada turkiyalik hech ikkilanmasdan jamoasini o‘zgartirdi: yangi mavsumni u “Inter” safida boshladi. “Inter” esa zudlik bilan Yevro—2020 da hushidan ketgan Kristian Eriksenga o‘rinbosar topishi kerak edi. Klub bu ishni bir yevro ham sarflamagan holda bajardi.

    Jorjino Veynaldum, “PSJ”

    Transfer narxi: 30 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Parijliklar tekinga qo‘lga kiritgan yana bir yuqori darajali futbolchi Veynaldum bo‘ldi. Unga “Barselona” ham qiziqish bildirgandi. Niderlandiyalik transferi haqida gapirar ekan, Parij klubining qat’iyatliroq harakat qilganini aytdi, u haq: chunki “PSJ” unga “Barselona”ga qaraganda ikki baravar ko‘proq maosh taklif qilgan. Maurisio Pochettino (“PSJ” bosh murabbiyi) esa uzoq vaqtdan beri o‘z jamoasida ko‘rishni istagan futbolchiga ega bo‘ldi. Endilikda uning ixtiyorida juda kuchli tarkib bor. Murabbiyga barcha yulduzlarga maydondan joy topib berish oson bo‘lmasligi aniq.

    Erik Garsiya, “Barselona”

    Transfer narxi: 20 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Garchi, Xosep Gvardiola uni doimo maqtagan bo‘lsa ham, Garsiya “Manchester Siti”da umuman o‘ynamasdi. Balki yosh futbolchiga shartnomani yangilashni xohlamagani uchun o‘yin amaliyoti berilmagandir. Buning ustiga Ruben Diash va Aymerik Lyaportdan birini raqobatda yutib chiqish ham qiyin edi. Umuman olganda, “Siti” uning ketganidan afsusda emas, lekin “Barselona” uchun bu transfer juda muhim bo‘ldi: Samyuel Umtitining boshi jarohatdan chiqmaydi, Kleman Langlega qat’iyat yetishmaydi, Xerard Pikening esa eng yaxshi yillari ortda qolgan. Shunday ekan, bu yerdagi raqobatda g‘olib chiqish osonroq bo‘lish ehtimoli ancha yuqori.

    Serxio Aguero, “Barselona”

    Transfer narxi: 18 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Barselona” pulsiz qolganiga qaramay erkin agentlar bozorida o‘zini ko‘rsata oldi. Aguero nima uchun “Barselona”ga o‘tgani aniq edi va u aynan shuning uchun maoshining ikki baravar kamayishiga ham rozi bo‘lgandi. Biroq kutilmaganda hammasi o‘zgarib ketdi...

    Lionel Messi jamoadan ketganiga qaramay Ronald Kumanda hujumchilar borasida muammo yo‘q deyish mumkin: Memfis Depay, Serxio Aguero, Ansu Fati, Antuan Grizmann, Usmon Dembele va Martin Breytueyt.

    Mavzuga doir: Messining “Barselona”dan ketishi Aguero uchun baxtsizlik. Argentinalik hujumchilarning do‘stligi tarixi

    Serxio Ramos, “PSJ”

    Transfer narxi: 10 million yevro

    Foto: “PSJ”

    Foto: “PSJ”

    “PSJ” Tiago Silvani tekinga qo‘yib yuborganidan bir yil o‘tib, 35 yoshli Serxio Ramosni o‘z safiga qo‘shib oldi. “Real” bilan kelisha olmagan himoyachiga yillik 12 million yevro taklif qilindi. Qanchalik ishonish qiyin bo‘lmasin, Madrid afsonasi endi “PSJ” sharafini himoya qiladi va ehtimol qizil kartochka ham olar.

    Lionel Messi, “PSJ”

    Transfer narxi: 80 million yevro

    Foto: “PSJ”

    Foto: “PSJ”

    Lionel Messi 2020-yilning yozida klub rahbariyatidan norozi bo‘lib, jamoadan ketmoqchi bo‘lgandi, biroq qadrdon klubi bilan sudlashmaslik uchun Kataloniyada qolishga majbur bo‘ladi. Ammo oradan bir yil o‘tib, o‘zi xohlasa-da jamoada qololmadi. Bunga klub rahbariyatining noshudligi va La Liga qoidalari yo‘l qo‘ymadi. Shu tariqa Messi butun umri davomida o‘ynagan klubini tark etdi. Bundan esa yana o‘sha uddaburon “PSJ” foydalanib qoldi. Endilikda Parij klubining nafaqat himoyasiga, balki avvaldan zo‘r bo‘lgan hujum chizig‘iga ham shunchaki havas qilish kamlik qiladi.

    Bonus: “qariya” erkin agentlar

    Bu yozda o‘z faoliyatida o‘zgarish qilishga qaror qilgan taniqli “qariya”lar ham ko‘p bo‘ldi. Katta yoshdagi futbolchilarning transfer narxi yoshiga mos ravishda past, ammo bu ularni eslamaslik uchun sabab bo‘la olmaydi, shunday emasmi?

    • Janluiji Buffon faoliyatini “Parma”da yakunlash qaror qildi.
    • Xavi Martines “Bavariya”ni tark etdi va Qatarga yo‘l oldi.
    • Marek Hamshik Xitoydan qaytdi. U faoliyatini “Trabzonspor”da davom ettiradi.
    • Kevin Gameyro qadrdon klubi “Strasbur”ga qaytdi.
    • Kevin-Prins Boateng ham butsilarini qadrdon jamoasida mixga ilishga qaror qildi. U endi “Herta” safida javlon uradi.
    • Karlos Bakka “Vilyarreal”dan “Granada”ga ko‘chib o‘tdi.
    • Roberto Soldado endi “Levante”da. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 15 ta gol urgandi.
    • Eshli Yang “Inter”dan Angliyaga qaytdi va “Aston Villa” bilan kelishuvga erishdi. U “Manchester Yunayted”ga o‘tguniga qadar qadar to‘rt yil ushbu klub sharafini himoya qilgandi.
    • Mario Balotelli Turkiyaning “Adana Demirspor” klubiga yo‘l oldi. Bir paytlar “Super Mario” bo‘lgan hujumchi hozir 30 yoshda.

    Boshqa maqolalar: 

    • Di Mariyadan Pikegacha. Faoliyati davomida ham Messi, ham Ronaldu bilan birga o‘ynagan futbolchilar
    • Kataloniya bilan Parij orasida. Ham “Barselona”, ham “PSJ” safida o‘ynagan futbolchilar

    24.08.2021, 16:31   Izoh (0)   31649
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Paralimpiya delegatsiyasining bayroqdori o‘zgardi. Jamoada koronavirus aniqlangan

    24.08.2021, 13:04

    Murod Xonto‘rayevdan Jamshid Kenjayevgacha. So‘nggi 3 yilda vafot etgan o‘zbekistonlik sportchilar

    24.08.2021, 10:40

    Legionerlar. “Roma” safida A Seriyada debyut qilgan Shomurodov, Belarusda “o‘zbek derbisi” va “Ufa”ga qaytgan O‘runov

    23.08.2021, 22:30

    Eronni mag‘lub etgan O‘zbekiston terma jamoasi, “Barselona”ning iltimosini bajargan Alba, “Real”ning rekordini yangilagan “Bavariya”. Eng so‘nggi sport yangiliklar...

    23.08.2021, 21:01

    “Odamlarga chaqiriq tashlash menga yoqardi”. Mudhish hodisa sabab halok bo‘lgan basketbol afsonasi Kobi Brayantni xotirlab

    23.08.2021, 20:01

    Joze Mourinyo: “Shomurodov ochiq hududda juda xavfli”

    23.08.2021, 14:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.