• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Berdimuhamedov Turkmaniston tarixidagi birinchi Olimpiada medali sovrindoriga kvartira va mashina sovg‘a qildi

    Uch xonali hashamatli kvartira, 50 ming AQSh dollari, Lexus 570 Sport Plus 2021 yo‘ltanlamas avtomobili — ushbu sovg‘alar mustaqil Turkmaniston tarixidagi birinchi Olimpiada medali sovrindori Polina Guryevaga mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nomidan topshirildi.

    Polina Guryeva

    Polina Guryeva
    Foto: centralasia.media

    Turkmaniston davlat jismoniy tarbiya va sport institutining 21 yoshli talabasi 14 mamlakat vakillari ishtirok etgan 59 kilogramm vazn toifasida og‘ir atletika musobaqalarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

    Sovg‘alarni topshirish bo‘yicha tadbirning tantanali qismini ochar ekan, Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari, mamlakatda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Serdar Berdimuhamedov prezident tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda Berdimuhamedov terma jamoa a’zolarini Turkmaniston sporti tarixida Tokio–2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan birinchi medal bilan tabrikladi.

    “Mashaqqatli va muntazam mashg‘ulotlarning ajoyib natijasi, kuchli iroda va vatanga bo‘lgan buyuk muhabbat timsoliga aylangan ushbu muhim voqea baxtiyor sportchilar, ilhomlangan yoshlar va butun xalq orasida cheksiz g‘urur tuyg‘usini uyg‘otdi”, — deyiladi davlat rahbarining tabrigida.

    Shu bilan birga, Turkmaniston prezidenti o‘z nutqida Guryevaning Olimpiya o‘yinlarida erishgan muvaffaqiyati “mustaqil yurtning dunyo bo‘ylab shuhratini, nufuzi va obro‘sini oshirganini” hamda mamlakat mustaqilligining 30 yilligi uchun eng yaxshi sovg‘a” bo‘lganini alohida ta’kidladi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu “mamlakatda yosh olimpiyachilarni tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan davlat siyosatining natijasidir”.

    So‘ng Turkmaniston prezidentining farmonlari va buyruqlari o‘qib eshittirildi, unga muvofiq Polina Guryevaning birinchi murabbiyi Ahmed Sariyev “Mustaqil Turkmanistonga bo‘lgan buyuk muhabbati uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Og‘ir atletika bo‘yicha Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi Artur Emiryanga 2021-yilda chiqarilgan Toyota Camry premium klass avtomobili, Polina Guryevaga esa sport sohasida eng oliy bo‘lgan “Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi” unvoni berildi.

    “Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan men medalimni turkman xalqiga va hurmatli prezidentga bag‘ishladim”, — dedi 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari vitse-chempioni. U davlat rahbariga Turkmaniston sporti rivojiga ko‘rsatilayotgan katta e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.

    Polina Guryeva jurnalistlarga bergan qisqa intervyusida mashg‘ulotlarni davom ettirishini va uch yildan so‘ng Parijda bo‘ladigan navbatdagi Olimpiadada Turkmaniston uchun oltin medalni qo‘lga kiritishga harakat qilishini aytdi.

    Eslatib o‘tamiz, Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 5 ta medal qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida 32-o‘rinni egalladi. Tokio Olimpiya o‘yinlari oltin medal egalariga Chevrolet Tahoe avtomobili va 4 sotixli hovli kalitlari topshirildi, bronza medaliga ega chiqqanlar Chevrolet Trailblazer va 2 xonali uy bilan taqdirlandi. Shuningdek, Tokio—2020 da qatnashgan har bir sportchi 5 ming dollar miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘lishi belgilandi.

    Mavzuga doir: Dog‘istonlik kurashchi Rossiya davlat dumasi deputatidan Tokio-2020 dagi g‘alabasi uchun 1 mln dollar mukofot olganini aytdi. Bu deputatning yillik daromadidan ancha ko‘p

    24.08.2021, 11:23   Izoh (0)   51788
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iziston Afg‘oniston fuqarolariga viza berishni cheklab qo‘ydi

    24.08.2021, 09:41

    Taniqli afg‘on qo‘mondoni Ahmadshoh Mas’udning o‘g‘li “Tolibon”ga qarshi kurash kuchlarini tuzdi. Ushbu qo‘shinning toliblar bosimiga yana qancha vaqt dosh berishi...

    24.08.2021, 09:20

    Putin Grozniy aeroportiga Checheniston birinchi prezidenti Ahmad Qodirov nomini berdi. Chechenistonda uning nomidagi yuzlab obyektlar bor

    24.08.2021, 08:26

    OAV: Yelizaveta II shahzoda Garrining tanqidiy bayonotlariga qonuniy javob tayyorlamoqda

    24.08.2021, 07:38

    Kobul aeroportida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    24.08.2021, 07:07

    CNN: AQSh Kobul aeroportiga faqat Amerika va NATO fuqarolarini kiritishga qaror qildi

    23.08.2021, 19:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.