Shavkat Mirziyoyev 23-avgust, dushanba kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning boshqa dolzarb masalalari va umuman mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi. Suhbat davomida Afg‘onistondagi bugungi notinch vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.
Ayni paytda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlat rahbarlarining sammiti videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tmoqda. Tojikiston prezidenti raisligida bo‘lib o‘tayotgan sammitning asosiy mavzusi ham Afg‘oniston haqida.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Afg‘onistondagi yuzaga kelgan vaziyat, shuningdek, yaqin hamkor mamlakatlar va mintaqadagi qo‘shnilar tomonidan ehtimoliy tahdidlar va xavf-xatarlarga javob qaytarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan chuqur tanishish maqsadida mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
Izoh (0)