O‘zbekiston Afg‘onistondan fuqarolarning evakuatsiyasini Buxoro aeroporti orqali amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu haqda “UzNews.uz” Buxoro aeroportiga tayanib xabar berdi.
Vengriyaning mahalliy nashrlaridan biri 22-avgust kuni Vengriya poytaxti Budapeshtga Kobuldan evakuatsiya qilingan Vengriya va boshqa Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari fuqarolari va mahalliy afg‘onlar Wizz Air aviakompaniyasining maxsus aviareysida kelgani haqida xabar bergan.
Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibi 24-avgust kuni yana ikki harbiy transport samolyoti Buxorodan navbatdagi reyslarni amalga oshirishini ma’lum qildi.
Avvalroq Afg‘onistondagi fuqarolarni Toshkent hamda Navoiy aeroportlari orqali evakuatsiya qilinayotgani xabar qilingandi.
Izoh (0)