Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-, 24-, 25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qildi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni 2-smenada boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari:

  • 1-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
  • 2-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkaziladi va talabgorlarga har bir mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 96 ball), ikkinchi mutaxassislik fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 93 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi va ularga Davlat test markazi tomonidan ruxsatnoma berilmaydi. Ular uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar