Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda iyun oyida umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovlarining savollari oldindan tarqab ketgani ma’lum bo‘lgan edi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

11-iyun kuni Telegram’dagi “TentakMinds” kanali Buxoro viloyatida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy test tizimi topshiriqlari (savollari) tarqalib ketgani va Davlat test markazi (DTM) tomonidan tekshiruv olib borilayotgani haqida xabar tarqatgan edi. 5-avgust kuni Davlat test markazi biologiya fanidan test sinovlarida testologiya mezonlari buzilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 11-iyun kuni anonim bloger tomonidan yuritiladigan “TentakMinds” kanali Buxoro viloyatida umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi topshiriqlari (savollari) tarqalib ketgani va Davlat test markazi (DTM) tomonidan tekshiruv olib borilayotgani haqida xabar tarqatdi. Keyinchalik ushbu kanal biologiya va kimyo fanlaridan tarqalib ketgani da’vo qilinayotgan test topshiriqlarini e’lon qildi. Jurnalist Xurshid Daliyev ham o‘z kanalida Buxoroda test topshiriqlari javoblari test o‘tkazilishidan bir kun oldin yodlatilishi haqida yozdi.

DTM rasmiy bayonotida mazkur test topshiriqlarining haqiqatan ham milliy test tizimiga oid ekanini tan oldi. Shu bilan birga, DTM bayonotiga ko‘ra, test topshiriqlari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari tomonidan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga maxsus transport vositalari orqali maxfiylik ta’minlangan holda test sinovi boshlanishidan bir soat oldin yetkazilgan.

5-avgust kuni Davlat test markazi biologiya fanidan test sinovlarida testologiya mezonlari buzilganini ma’lum qildi.

10-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida biologiya (2 473 nafar) fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari bo‘lib o‘tgan.

Qayd etilishicha, mazkur test sinovi natijalari Davlat test markazi tomonidan hisoblanib, tahlil qilinganda biologiya fanidan test topshiruvchilar ballarining chastota taqsimotida normal taqsimotdan katta og‘ishlar mavjud ekani aniqlangan. Ya’ni biologiya fani bo‘yicha test natijalari tahlili testologiya mezonlari buzilganini, aniqroq qilib aytganda natijalar ayrim hududlarda juda yuqori ekanligini ko‘rsatgan.

“Biologiya fani bo‘yicha test natijalari tahliliga ko‘ra testologiya mezonlari buzilgani, talabgorlarning biologiya fanidan maktabda olgan o‘rtacha baholari bilan test sinovidagi natijalari o‘rtasida tafovutlar yuqori ekani hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lganligi uchun xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda 10-iyun kuni biologiya fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilinmasligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi bayonotda.

DTM ta’kidlashiga ko‘ra, 10-iyun kuni biologiya fani bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan barcha talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytariladi.

“Test topshirganlar barcha abituriyentlar kabi OTMlarga kirish test sinovlarida mutaxassislik fanlarining har biridan 20 ta test topshirig‘i (milliy sertifikat imtihonidagi 50 ta test topshirig‘i o‘rniga) va 1 soatdan vaqt berilishi belgilandi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi uchun test sinovlari O‘zbekistonning barcha hududlarida 2021-yil 9–10-iyun kunlari o‘tkazilgan. Test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyrug‘i asosida elektron shaklda sertifikat beriladi.

Ushbu sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi