Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda Lacetti avtomobili yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishga uringan piyodani urib yubordi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 19-avgust kuni, taxminan, soat 01:30 da Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida 31 yoshli R.S. Lacetti rusumli avtomobilni boshqarish davomida mast holatda bo‘lgan va yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgan.

Avariya oqibatida piyoda — 51 yoshli A.Sh. jarohatlar tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov davom etmoqda.

Avvalroq Nukusda Matiz mast piyodani urib yuborgani, Namanganda Cobalt mast piyodani urib ketgani, Buxoroda Matiz boshqaruvni yo‘qotib, oqar suvga tushib ketishi oqibatida haydovchi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi