Markaziy bank 17-avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23 so‘mga pastlab, 10 660 so‘mni tashkil qildi. Yevro 7,08 so‘mga ko‘tarilib, 12 559,61 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 11 so‘mga ko‘tarilib, 10 683 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi ketma-ket to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi.
O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida esa 16-avgust kuni dollar kursi birinchi marta 10 735 so‘mga qadar ko‘tarildi.
Izoh (0)