O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning shimoliy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, binolar va infratuzilma obyektlariga katta ziyon yetgani munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari butun Turkiya xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 12-avgust kuni Turkiya kuchli yog‘ingarchilik tufayli suv toshqini ostida qolgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘lgan. Ta’kidlash kerakki, iyul oyining ikkinchi yarmida ham Turkiyada suv toshqini yuz bergandi. Mamlakat shimoli-sharqidagi Rizo va Artvin viloyatlarida kuchli yomg‘irlar tufayli suv toshqinlari kelib chiqqan.
Izoh (0)