Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Narpay tumani prokurori Kamoliddin Javdanovga tegishli ekani aytilgan audio tarqaldi.
Audioda Javdanov tadbirkorlarni koyib, “styajka” qilishga odam topib bermagani uchun ularni “mayib qilish”gacha bo‘lgan tahdidli so‘zlarni ishlatgan.
“Bekorni aytibsan, hozir odam topib kelib tushirasan. Ikkalangni ham mayib qilaman. Bu ro‘yxatga sen ikkita ahmoqni kim qo‘shdi o‘zi? 5-maktabni ham rasvosini chiqarayapsanlar. Kelasanda, yotasan, ikkalasidan ham ko‘rib, telefon qilasan menga”, — deydi prokuror.
Samarqand viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilmoqda.
Izoh (0)