Toshkentdagi “Chorsu” avtoturargohida turgan yuk mashinasidan ikki xalta qurut o‘g‘irlagan shaxs ushlandi.
Shayxontohur tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 8-avgust kuni, taxminan, soat 06:30 da “Chorsu” avtoturargohida 42 yoshli G‘.R. 40 yoshli G‘.S.ga tegishli bo‘lgan yuk mashinasi ochiq qolganidan foydalanib, uning ichidan 9 million so‘mlik ikki xalta qurut o‘g‘irlagan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Poytaxt IIBB matbuot xizmatining qayd etishicha, ayni paytda tergov davom etmoqda.
Izoh (0)