• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hayit — chet eldagi o‘zbekistonliklar uchun O‘zbekistondagi vatandoshlarga yordam ko‘rsatish va Vatanni sog‘inish bayrami

    Yer yuzining qaysi burchagi bo‘lmasin, hayitni nishonlash, uning amallarini ado etish — har bir musulmon uchun sharaf. Lekin har joyning o‘z “tosh-u tarozisi” bor. Taqdir taqozosi bilan chet ellarda qo‘nim topgan o‘zbekistonliklar bolalikdan singdirilgan hayit urf-odatlarini bajarish imkoniga qanchalik ega? “Daryo” shu savol bilan bir guruh vatandoshlarga murojaat qildi.

    Begoyim Sodiqova 15 yildan buyon Germaniya yashaydi. Filolog, iqtisodchi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti nemis filologiyasi fakultetini tamomlagan, so‘ng Frankfurt (Germaniya)dagi Gyote universitetida iqtisodiyot sohasida tahsil olgan. Hozirda Cobalt Deutschland GmbH kompaniyasining Frankfurtdagi shu’basida menejer sifatida ishlaydi. Oilali, ikki qizalog‘i bor.

    Begoyim Sodiqova turmush o‘rtog‘i va qizi bilan birga.

    Begoyim Sodiqova turmush o‘rtog‘i va qizi bilan birga.
    Foto: Begoyim Sodiqova shaxsiy arxividan

    Germaniya — inson manfaatlari yuqori darajaga qo‘yiladigan, e’tiqod erkinligi hurmat qilinadigan mamlakat. Statistika bo‘yicha Germaniya aholisining uchdan ikki qismi nasroniylar, qolgani esa boshqa din vakillaridir. Jumladan, mamlakatda 5,6 millionga yaqin musulmonlar yashaydi. Germaniyada masjidlar yetarli darajada ekani ham shu bilan izohlanadi. Masjidlar hech bo‘sh turmaydi, hayit ayyomida namoz vaqtlari ayniqsa gavjum bo‘ladi. Yana bir jihati, bu masjidlarda ayollar namoz o‘qishi uchun alohida joy ajratilgan. Bunda ayolga nomahramning ko‘zi tushmaydi — ayollar boshqa eshikdan kiradi, ular uchun alohida tahoratxonalar bor.

    Yuqorida ta’kidlaganimdek, Germaniya, asosan, nasroniylar istiqomat qiladigan mamlakat, shu bois musulmonlarning hayit bayrami bu yerda dam olish kuni hisoblanmaydi. Ammo ishchi-xodim bu qanday muhim bayram ekanini rahbariyatiga tushuntirib, o‘z hisobidan dam olishi mumkin. Bunga qarshilik bo‘lmaydi. Biz yaqindan biladigan o‘zbekistonlik oilalarning deyarli bari bayram kunlari shu tarzda uyda bo‘ladi, do‘st-tanishlarning xonadonida bo‘lib, qutlug‘ kunni nishonlaydi. Har hayitda vatandoshlar bilan bordi-keldi qilamiz, biror joyda to‘planamiz, milliy taomlarimizni tayyorlaymiz, Qur’ondan oyatlar o‘qiladi.

    Germaniyadagi o‘zbek vatandoshlar uchrashuvidan lavha.

    Germaniyadagi o‘zbek vatandoshlar uchrashuvidan lavha.
    Foto: Begoyim Sodiqovaning shaxsiy arxividan

    Musulmonlar uchun farz va sunnat qilingan amallar dindoshlar orasida bu yerda ham O‘zbekistondagi kabi keng targ‘ib qilinadi. Qurbon hayitidagi qurbonlik masalasiga kelsak, Germaniyada jonivorlarni so‘yib o‘ldirish taqiqlangan — hayvonni azobga qo‘ymaslik uchun uni tok bilan jonsizlantirish kerak, deb hisoblaniladi. Shu bois bu yerdagi vatandoshlar qurbonlik atamoqchi bo‘lsa, yaxshisi, pulini O‘zbekistondagi yaqinlariga jo‘natadi, ular qo‘y so‘yib, go‘shtini ehtiyojmandlarga tarqatadi. Shu o‘rinda Germaniyadagi “Humo” o‘zbek-olmon jamiyati faoliyati haqida alohida to‘xtalmoqchiman. Jumladan, jamiyat Ramazon hayiti fitr-sadaqalarini to‘plab, uchinchi bor o‘tkazilgan xayriya aksiyasi doirasida O‘zbekistonga jo‘natdi. Vatanimizda qiynalib qolgan 2 mingdan ortiq oilaga shu yo‘l bilan ko‘mak berildi.

    Germaniyadagi “Humo” o‘zbek-olmon jamiyati tomonidan O‘zbekistondagi ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilgan yordam lavhalari.

    Germaniyadagi “Humo” o‘zbek-olmon jamiyati tomonidan O‘zbekistondagi ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilgan yordam lavhalari.
    Foto: Germaniyadagi “Humo” o‘zbek-olmon jamiyati

    Allohga shukr, ikki qizalog‘im bor. Ularni o‘z millatimiz qadriyatlari, dinimiz udumlari ruhida tarbiyalashga harakat qilamiz. Xususan, hayit ayyomlarini ham orziqib kutamiz, nishonlaymiz. Katta qizimiz Oysha to‘rt yarim yoshda. Hayitdan 10—15 kun avval bayram yaqinligini, sovg‘alar tayyorlashimizni aytamiz. Bayramning go‘zal fazilatlari haqida ko‘proq gapiramiz. Tabiiyki, bola kuta boshlaydi. Masalan, Ramazon hayiti oldidan birga sovg‘alar tayyorladik, chiroyli xaltachalarga joyladik. Hayit kuni esa qizim dadasi bilan birga o‘zbekistonlik yaqinlarimizning farzandlariga sovg‘alarni ulashdi. O‘zimiz ham qizlarimizga eng yaxshi ko‘rgan narsalarini aynan shu kuni tuhfa qildik.

    Farzandlarimiz bu yerda turli millat, turli din vakillari orasida ulg‘aymoqda, shu bois biz ularning tarbiyasiga katta e’tibor berishimiz kerak. Shu bilan birga boshqa millat bolalari ongida shakllangani kabi inson fikrini hurmat qilish xislati bizning bolalarda ham o‘rnashishiga harakat qilamiz.

    Manzura Akramova 2014-yildan beri AQShda yashaydi, Green Card dasturi orqali ko‘chib ketgan. Hozirda turmush o‘rtog‘i va kollejda o‘qiydigan qizi bilan birga Nyu-Yorkda yashaydi.

    Manzura Akramova qizi bilan birga.

    Manzura Akramova qizi bilan birga.
    Foto: Manzura Akramovaning shaxsiy arxividan

    Amerika — ozodlik makoni. Bu yerda din, e’tiqod borasida biror cheklov yo‘q. Shu darajadaki, o‘z vatanida e’tiqodi sabab tazyiqqa uchraganlarga ham joy topiladi bu yerda. Ro‘mol o‘raysanmi, soqol qo‘yasanmi — hech kimning bu bilan ishi yo‘q. Masjidlarda turli irq va millat vakillari yonma-yon saf tortib namoz o‘qiydi. Musulmonlarning qutlug‘ bayramlari — Ramazon va Qurbon hayitlari AQShda umummilliy bayram hisoblanmasa-da, ammo Nyu-Yorkda hayitni keng nishonlash uchun sharoitlar yaratilgan. Xususan, musulmonlarga tegishli yoki xodimlari, asosan, musulmon o‘lkalardan kelganlar bo‘lgan korxona va tashkilotlar shu kuni ish vaqtini o‘zgartiradi, Nyu-Yorkdagi davlat maktablari uchun esa bayram hisoblanadi.

    Hayit — ezgulik bayrami. Hayit oldidan masjidlarda sadaqai joriya tashkil etiladi, bu bilan yetim-yesirlarga, kambag‘al oilalarga kiyim-bosh, zaruriy ashyolar tarqatiladi. Amerikadagi vatandoshlarimiz esa har hayitda O‘zbekistondagi 1 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan yetim o‘g‘il-qizlarga kiyim-bosh, poyabzal jo‘natadi.

    Qurbon hayitining o‘ziga xosligi qurbonlik bilan. Bu yerda qurbonlik qilish uchun sharoitlar O‘zbekistonnikidan kam emas. Faqat qo‘yni tanlab berishingiz kerak. Maxsus kushxonalar bor, musulmonchilik qoidalari bo‘yicha so‘yib berishadi. Go‘shtini, xohlang o‘zingiz bilgan odamlarga tarqating, xohlang ehson qiling — o‘zlari nochor oilalarga tarqatadi. Bu yerlarda ham o‘ziga xos ehtiyojmand oilalar bor.

    O‘zbekistonda hayitlarda mumkin qadar yangi libos kiyishga harakat qilinadi, qarindosh-urug‘lar, bolalarga “sayl xarji” deb pul beriladi. Bu yerda esa ayollarga chiroyli bosh kiyim — sharf yo ro‘mol berilsa, erkaklarga atir yoki hamyon, bolalarga esa kitob va o‘yinchoqlar sovg‘a qilinadi.

    Nyu-Yorkda hayit namoziga chiqqan musulmonlar. 2016-yil, iyul.

    Nyu-Yorkda hayit namoziga chiqqan musulmonlar. 2016-yil, iyul.
    Foto: “Vinnews.com”

    Turmush o‘rtog‘im ikkimizning bolaligimiz Samarqandning qadimiy mahallalarida o‘tgan. Samarqandga xos hayit udumlarini unutganimiz yo‘q. Arafa kuni barvaqt turib, hafsala bilan oshirma xamir qoraman. Chiroyli oshgan xamirdan chalpak pishiraman, is chiqaraman. O‘tganlarni xotirlaymiz, Qur’on tilovat qilamiz.

    O‘tgan Qurbon hayitidan buyon (pandemiya sabab) qancha yaqinlarimiz, yor-u birodarlarimizni yo‘qotdik. Judolik bizning oilani ham chetlab o‘tmadi. Qaynota-dadam olamdan o‘tdilar. Samarqandda hayit kunlari marhumlar hurmati mozorboshiga boriladi, ta’ziyali xonadonlarga ko‘ngil so‘rab kiriladi. Biz esa uzoqdamiz. Shu bois qabristondan qaytganlarida qaynopamlar, ovsinlarimga qo‘ng‘iroq qilib, ularning ko‘ngillarini olaman. Boshqa ta’ziyador oilalarga onlayn tarzda bo‘lsa ham bog‘lanaman.

    Feruza Shokirova 9 yildan beri oilasi bilan birga Turkiyada yashaydi. Antaliya universiteti Chet tillar oliy maktabi ingliz tili o‘qituvchisi. Farzandlari Turkiyada o‘qishini istagani, o‘zi ham magistratura va doktorantura doirasida bilimini shu yerda oshirishni maqsad qilgani uchun Turkiyada muqim yashab qolgan. Uch farzandi bor — kattalari universitetda, kenjasi litseyda ta’lim oladi.

    Feruza Izzat.

    Feruza Izzat.
    Foto: Facebook

    Turkiyada aholining katta qismi, hech kimga sir emaski, musulmonlar, mamlakat hayotiga Islom dinining ta’siri juda katta. Bir-biriga juda yaqin joylashgan masjidlar, ularning baland minoralardan kuniga besh mahal taraladigan, bir-biriga aks-sado bergan tilovat sasi fikrimning isbotidek. Oddiy kunlarda ham namozdan so‘ng qo‘llarida tasbeh bilan ketayotgan gurra-gurra yosh-u qarini har joyda uchratasiz. Bu, ta’bir joiz bo‘lsa, Turkiyada musulmonchilik tomirlari ancha chuqurligi, ularga bolta tegmaganidan dalolatdir, balki. Ayni vaqtda mamlakatda boshqa din vakillari ham oz emas, ammo e’tiqodidan qat’i nazar bu tuproqdagilar tinch-totuv yashab kelmoqda.

    Turkiyadagi aksariyat musulmon xonadonlarda, deylik, 31-dekabr (Yangi yil) bayram sifatida nishonlanmasligi mumkin. Lekin ikkala hayit ham Turkiyadagi asosiy bayramlardir — shu bois arafa kunidan boshlab rasmiy ta’til beriladi. Ramazon hayitida dam olish kunlari uch kun, Qurbon hayitida esa to‘rt kun. Bayram ta’tildan oldingi va keyingi dam olish kunlari bilan birga to‘qqiz kungacha cho‘ziladi. Masalan, 2021-yilgi Qurbon hayitida, arafa bilan qo‘shilganda — besh kun, undan oldingi va keyingi shanba-yakshanbalar bilan qo‘shib hisoblaganda jami to‘qqiz kun dam olindi.

    Bu Istanbul va Anqaraga o‘xshash katta shaharlarda yashaydigan aholining o‘zlari tug‘ilib-o‘sgan shahar va qishloqlariga borishi, qarindosh-urug‘larini ziyorat qilishi, silai rahmni ado etish uchun qulay fursat. Boshqa tarafdan, aynan shu kunlarda ichki turizm rivojiga ham katta hissa qo‘shiladi. Bir necha kunlik ta’tilda odamlar anchadan beri rejalashtirib yurgan dam olish maskanlarida, manzarali joylarda sayohatda bo‘ladi. Turistik firmalar bayram turlari tashkil etishi Turkiyada odatiy tadbir.

    Turklarda “qo‘l o‘pish” udumi bor. Hayit bayramida oila kattalari, albatta, ziyorat qilinadi va qo‘li to‘tiyo etiladi. Bu odatga ko‘ra, kichik yoshdagilar kattalarning qo‘li yuzasini, kaftning tashqi tarafini o‘pib, so‘ng peshonasiga tekkizadi. Bu hurmat belgisi. Kichik bolalar ham kattalar bilan qo‘l o‘pib, bayram nishonlaydi. Kattalar esa bolalarga hayitlik beradi. Qayerda bo‘lmasin, hayit bolalarning intiqib kutadigan bayramlaridan biri. Bizda bolalar Ramazon oyida eshikma-eshik yurib, Ramazon qo‘shig‘ini aytib, pul va shirinlik yig‘sa, Turkiyada hayit kunlari bolalar yig‘ilib, qo‘ni-qo‘shnilarning eshigiga borib, hayit bilan tabriklab, pul va shirinlik yig‘adi.

    Istanbuldagi qurbonlik uchun olib kelingan qo‘ylar sotiladigan maxsus bozor. 2018-yil, avgust.

    Istanbuldagi qurbonlik uchun olib kelingan qo‘ylar sotiladigan maxsus bozor. 2018-yil, avgust.
    Foto: Agence France-Presse / Getty Images
    Qurbon hayitiga bir haftacha vaqt qolganida Turkiya shaharlariga qishloq havosi kirib kela boshlaydi. Qanday deysizmi? Shahar ma’muriyati ajratgan maxsus joylarga qurbonlikka mo‘ljallangan qo‘y, mol va echkilar keltiriladi. Qurbonlik qilish niyatidagilar shu yerlarga borib, hayvon tanlaydi, savdolashadi. Shu tufayli shaharlarda o‘ziga xos hidni sezish mumkin. Qurbon hayiti kuni tanlangan hayvonlar yana maxsus joylarda so‘yiladi.

    Avvallari qurbonlik egalari jonivorlarni o‘z uylari yaqinida so‘ygan. Keyinchalik ma’muriyat ifloslanish va kasalllik tarqalishining oldini olish uchun qurbonlik uchun maxsus joy va qassoblar ajratgan. Ko‘pchilik Qurbon hayiti kuni ertalab namozdan keyin hech narsa yemay, qurbonlikni kutadi. Hayit kuni birinchi luqma qurbonlik go‘shti bo‘lishiga e’tibor beriladi. Mol-hol so‘yilib, go‘sht taqsimlangach, qarindoshlarnikiga mehmondorchilikka boriladi.

    Ramazon hayitida ko‘proq shirinlik, Qurbon hayitida esa shirinlik bilan birga go‘sht tortiq qilinadi. Bizdagidek dasturxon tuzatilmaydi. Kelgan odam qo‘liga turli xil ikromlar solingan likobcha va bir finjon choy yo qahva beriladi. “Kelin hayiti”, “O‘tganlar hayiti” degan tushunchalar Turkiyada yo‘q. Ba’zi xonadonlarda arafa yoki hayitning birinchi kuni qabriston ziyoratiga boriladi. Ikkala hayit ham kambag‘al va miskinlarni yo‘qlash, ularga imkon qadar ko‘mak berishga yo‘g‘rilgan bayramdir.

    Har Ramazon hayitidan oldin zakot va fitr-sadaqalar ehtiyojmandlarga yetkaziladi. Ko‘p hollarda do‘konlarda sadaqa qilmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus qutilar joriy qiladi. Ro‘zg‘or uchun eng zarur mahsulotlar solingan qutilarni olib, ehtiyojmandlarga tarqatsangiz bo‘ladi. Ba’zi do‘konlar esa hadya chek (vaucher)larini taklif qiladi. Ma’lum mablag‘li chek sotib olib, istagan kishingizga sovg‘a qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

    Feruza Shokirova (ikkinchi planda chapdan ikkinchi) Turkiyadagi vatandosh do‘stlari bilan.

    Feruza Shokirova (ikkinchi planda chapdan ikkinchi) Turkiyadagi vatandosh do‘stlari bilan.
    Foto: Feruza Shokirovaning shaxsiy arxividan

    To‘qqiz yildan buyon Turkiyaning eng katta shahri Istanbulda hayit kutaman. Har bir musofir uchun hayit Vatanni eng ko‘p sog‘inish, yaqinlarni qo‘msash bayramidir. Shunday gavjum shahar hayit bahona bo‘shab qolganida, qo‘ni-qo‘shnilar o‘z yurtiga, ota-onasining bag‘riga hayitni nishonlash uchun ketganida vataningdan uzoqdaliging ayniqsa bilinadi. Yaxshiyamki, o‘zimga o‘xshagan vatandoshlarim, musofirchilikda orttirgan qadrdonlarim bor. Ular bilan hayitlashamiz, bayramni bayramdek o‘tkazishga harakat qilamiz.

    13.08.2021, 06:37   Izoh (0)   51322
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarshi tuman hokimi Maqsuda Mustafoyeva hayfsan oldi

    13.08.2021, 06:06

    Osmonda avj olgan meteor yomg‘iri, falastinliklar qurgan samolyot–restoran, viloyat markazini egallagan “Tolibon”. 12-avgust suratlari

    12.08.2021, 23:56

    Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori Nurlibek Mirzamuratov vafot etdi

    12.08.2021, 23:33

    O‘zbekistonda harbiy xizmatchilarning qariyb 100 foizi COVID-19 ga qarshi emlandi

    12.08.2021, 23:21

    Toshkentda yo‘lovchilar bo‘lgan “Gazel” YTHga uchrab ag‘darildi

    12.08.2021, 23:09

    Navoiydagi gaz-zapravkada portlash sodir bo‘ldi (video)

    12.08.2021, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.