• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya OAVlarida koronavirusning “o‘lim darajasi ikki baravar yuqori” va “o‘ta xavfli” shtammi paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Haqiqatan ham shundaymi?

    11-avgust kuni Rossiya ommaviy axborot vositalari — “RIA Novosti” va “TASS”dan tortib mamlakatning ko‘plab mintaqalaridagi hududiy OAVlarga qadar AQShda koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lgani haqida xabar berdi. Ta’kidlanishicha, bu shtamm avvalgilariga qaraganda ancha xavfli. Bu xavotirlar qanchalik o‘rinli ekani haqida Meduza maqola tayyorladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Nashrlarning barchasi o‘z xabarida Nyu-York Sog‘liqni saqlash departamenti va Kolumbiya universitetining Meylmana nomidagi jamoa sog‘lig‘ini saqlash maktabi xodimlari tomonidan yozilgan maqolaning 7-avgustda nashrdan avval chiqarilgan nusxasiga tayangan. Maqolada Nyu-Yorkda koronavirusning yota shtammi tarqalishini modellashtirish natijalari bayon qilingan. Modellashtirish uchun ma’lumotlar Nyu-Yorkdagi 50 dan ortiq kasalxonalarda ushbu kasallik bilan yotqizilgan bemorlarni kuzatish orqali yig‘ilgan.

    Rossiya OAVlarida berilgan xabarlar:

    Olimlar koronavirus shtammining o‘lim darajasi qariyb ikki barobarga ko‘paygani haqida xabar berdi (“RIA Novosti”);

    Koronavirusning yota varianti oldingi shtammlarga qaraganda 25 foiz tezroq tarqalishi mumkin (“TASS”);

    Amerikalik olimlar o‘lim darajasi 60 foizga yuqori bo‘lgan koronavirus shtammi haqida ogohlantirmoqda (“Kommersant”);

    Amerikada yangi, yanada xavfli koronavirus shtammi aniqlandi (“Karmaskalinskaya nov”);

    Amerika qit’asida o‘lim darajasi juda yuqori bo‘lgan yanada xavfli koronavirus turi aniqlandi (“Kugarchinskiye vesti”).

    Hammasi haqiqatan ham shunchalik qo‘rqinchlimi?

    Yo‘q. Yagona haqiqat shuki, 7-avgust kuni MedRxiv arxivida amerikalik olimlarning yota varianti haqidagi tadqiqotlari haqiqatan ham chop etilgan. Agar uni diqqat bilan o‘qib chiqilsa, yota haqida quyidagilar ma’lum bo‘ladi:

    • bu shtamm yangi emas;
    • u hech bir mamlakatda keng tarqalmagan, AQShda esa deyarli yo‘q bo‘lib ketgan;
    • u virusning “tahdid soluvchi varianti” hisoblanmaydi;
    • tadqiqot mualliflariga ko‘ra, keksalar orasida bu shtammdan o‘lim alfa (“britancha”) shtamm oqibatidagi o‘limga qaraganda past.
    Bu o‘zi qanaqa shtamm?

    Bu virusning bir-biridan farq qiladigan bir nechta variantlari guruhi bo‘lib, ular S-oqsiliga o‘xshash mutatsiyalarga ega bo‘ladi. Virusning bunday variantlaridan biri ilk bor 2020-yil noyabr oyida Nyu-Yorkda topilgan. Qish o‘rtalarida u shaharning bir qancha joylariga tarqaldi hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (CDC) tomonidan “qiziqish uyg‘otayotgan variantlar” (Variant of Interest, VOI) ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxat sog‘liqni saqlash tizimiga darhol tahdid solmaydigan, lekin qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qiladigan variantlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlardan so‘ng variant nazariy jihatdan “yuqoriga ko‘tarilishi”, ya’ni “tashvishli variantlar” ro‘yxatiga kiritilishi mumkin (Variant of Vernant, VOC). Yota olti oylik o‘rganishlar davomida ham VOC ro‘yxatiga kiritilmadi.

    2021-yilning bahorida Nyu-York va qo‘shni shtatlarda tarqalgan yota raqobatni alfa shtammga boy bera boshladi (aprelda alfaning ulushi o‘sishni, yotaniki esa kamayishni boshladi).

    Alfa va yota variantlari o‘xshash epidemiologik xususiyatlarga ega: ular 2020-yilgi shtammlarga qaraganda yuqumliroq. Ikkala shtamm ham laboratoriyada kasallik yuqtirib, emlangan odamlarning plazmasi bilan biroz mushkulroq neytrallashtiriladi. Biroq dala tadqiqotlarida, ya’ni kasallikni chindan ham yuqtirgan odamlar orasidagi tadqiqotlarda bu variantlar ilgari orttirilgan immunitetdan “qochish” qobiliyatiga ega emasligi aniqlangan (lekin alohida holatlar ham qayd etilgan).

    Ikkala ko‘rsatkich — yuqish tezligi va immunitetdan qochish qobiliyati virusning turli variantlarining moslashishi uchun, ayniqsa, ular bir populyatsiyada bir-biri bilan raqobatlashganda muhim ahamiyatga ega (aynan mana shunday raqobat Nyu-York va AQShning boshqa shaharlarida mart—aprel oylarida kuzatilgan). Aprel oyida olimlar shuni aniqladiki, alfa hech bo‘lmaganda tarqalishi tezligi bo‘yicha yotadan ancha ustun turadi.

    Bahorning o‘rtalarida AQShda paydo bo‘lgan yanada yuqumliroq delta shtammi alfani ham, yotani ham bir chetga surib tashladi. Bu viruslar variantlarining global ma’lumotlar bazasi — GISAID ma’lumotlaridan yaqqol ko‘rinib turibdi. AQShda hozirda ko‘rib chiqilgan koronavirus genomlarining 0,1 foizi yotaga to‘g‘ri keladi. GISAID ma’lumotlariga ko‘ra, bu variant faqat Lotin Amerikasida nisbatan yuqori ulushni egallaydi (xususan, Ekvadorda, oxirgi to‘rt hafta ichida ketma-ket sekvenlangan genomlar orasida — 14,3 foiz). Ammo u yerda ham yota ulushi kamayib bormoqda, qit’aga yaqinda kelgan deltaning ulushi esa tez o‘sib bormoqda.

    Bahorda Nyu-York Sog‘liqni saqlash departamentidagi olimlar kasallikning og‘ir kechishi va o‘lim darajasi bo‘yicha yota 2020-yilgi variantlardan farq qilmaydi, degan xulosaga keldi. 7-avgustda chop etilgan maqola, uning mualliflari fikricha, ushbu xulosani to‘g‘rilaydi: ularning modelida ko‘rsatilishicha, yota qariyalar orasida o‘limni 60—82 foizga oshiradi (yoshiga qarab), lekin yosh va o‘rta yoshdagilar orasida emas. Shu bilan birga, tadqiqotga ko‘ra, yota o‘lim darajasini alfaga qaraganda kamroq oshiradi. Olimlar yotani boshqa zamonaviy variantlar bilan taqqoslay olmadi, chunki ular tadqiqot ma’lumotlari yig‘ilgan noyabr—aprel oylarida Nyu-Yorkda keng tarqalmagan edi.

    Shunday qilib yota o‘lim xavfini oshiradimi?

    Bu haqda bitta xulosaga kelish imkonsiz: oldingi maqola mualliflarning hisob-kitoblari noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Ular ikkita o‘lim darajasini chalkashtirib yuborishi aniq — barcha kasallanish holatlarning barcha o‘limlarga proporsiyasi (IFR) va ma’lum bo‘lgan kasallanish holatlarining barcha o‘limlarga proporsiyasi (CFR).

    Ular IFR’ning yanada obyektiv ko‘rsatkichini o‘rganib chiqishganini da’vo qilmoqda, ammo ularning metodologiyasidan kelib chiqqan holda, faqat aniqlangan alomatli holatlar hisobga olingan, ya’ni  2020-yilda epidemiyaning birinchi to‘lqini paytida (virusning “eski” variantlari uchun) va 2021-yil bahoridagi ikkinchi to‘lqini paytidagi (alfa va iota uchun) CFR modelida hisoblangan.

    Shu bilan birga, CFR indikatori infeksion agentning xossalari haqida yangilish tasavvur berishi mumkin, chunki u kasalliklarni aniqlash darajasiga nihoyatda bog‘liq. O‘lim darajasi epidemiyaning turli bosqichlariga qarab o‘lchanadigan hollarda, CFR turli bosqichlarda turli yosh guruhlarida o‘tkaziladigan testlarning intensivligi va strategiyasiga, yengil alomatlari bo‘lgan odamlarning shifokorga borishga qanchalik tayyorligiga va boshqa omillarga qarab katta farq qilishi mumkin.

    Mualliflar o‘z ma’lumotlarini talqin qilishda allaqachon qiyinchiliklarga duch kelgan: masalan, ular nima uchun yota o‘limni yosh va o‘rta yoshdagilar orasida emas, faqat qariyalar orasida ko‘paytirishini tushuntira olmaydi. Olimlar hamma narsa o‘lim haqidagi ma’lumotlarning yetishmasligidan kelib chiqqan, degan xulosaga keldi: birinchi va ikkinchi to‘lqin shtammlari orasidagi farqni ko‘rsatishi uchun 45 yoshgacha bo‘lgan odamlar orasida o‘limning o‘zi juda kamlik qilgan.

    Mavzuga doir: Koronavirusga qayta chalinish holatlari haqidagi yangiliklar haqiqatmi? Shunday bo‘lishi mumkinmi? Vaksina bundan qutqaradimi?

    12.08.2021, 22:34   Izoh (0)   45782
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iziston “Qumtor” oltin koni bo‘yicha kelishuvlarni bekor qiladi

    12.08.2021, 21:27

    Moderna vaksinasi delta shtammga qarshi Pfizer’dan samaraliroq bo‘lib chiqdi

    12.08.2021, 19:40

    Rossiya Tojikistonga Afg‘oniston bilan chegarada post qurish uchun 1 mln dollar beradi

    12.08.2021, 19:10

    Afg‘oniston moliya vaziri “Tolibon” tufayli davlat daromadlari kamayib ketishi fonida mamlakatni tark etdi

    12.08.2021, 18:09

    Vaksina muammosini 20 kishi hal qilishi mumkin, kelasi yilgacha yana 100 mln kishi koronavirusga chalinadi. Koronaxabarlar

    12.08.2021, 16:26

    Qora dengizga neft oqib ketdi. Uning maydoni dastlab ma’lum qilinganidan 400 ming marta kattaroq bo‘lishi mumkin

    12.08.2021, 15:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.