• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qora dengizga neft oqib ketdi. Uning maydoni dastlab ma’lum qilinganidan 400 ming marta kattaroq bo‘lishi mumkin

    Qora dengizda nima bo‘ldi?

    7-avgust, shanba kuni kechqurun Kaspiy quvur konsorsiumi (KQK; uning egalaridan biri Rossiya davlati hisoblanadi)da neft otilib chiqishi yuz berdi. Hodisa Gretsiyaning Minerva Symphony tankeriga qirg‘oqdan olti kilometr uzoqlikda joylashgan tirkama prichal uskunasi yordamida xomashyo ortish chog‘ida yuz berdi. Terminalning o‘zi Janubiy Ozereyevka (Novorossiysk)da joylashgan. KQK avariya sababi sifatida prichal uskunasi tarkibiga kiruvchi “gidrokompensator ichki bo‘shlig‘ining yemirilishi”ni aytdi.

    Avariya haqidagi xabarni konsorsium ikki kun o‘tibgina, 9-avgust, dushanba kuni e’lon qildi. Relizda aytilishicha, kompaniya suzuvchi to‘siqlar qo‘yib, neftni yig‘ib olish uchun to‘rtta neft to‘plash tizimini va idishlarni ishga solib, 7-avgust kuni kechqurun neft yoyilishini to‘xtatgan, 8-avgust kuni esa vaziyat “normallashtirilgan va mahalliy aholi, flora va fauna uchun xavf tug‘dirmagan”. Shuningdek, konsorsium dengizga taxminan 12 kubometr neft oqib ketgani va u 200 metr kvadrat maydonga yoyilganini ma’lum qildi.

    Qora dog‘ — neft yoyilgan maydon

    Qora dog‘ — neft yoyilgan maydon
    Foto: Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti

    Ammo ertasigayoq, 10-avgust kuni Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti (RFA KTI) sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlarga asoslanib, 8-avgust kuni neft tarqalgan maydon 400 ming marta kattaroq bo‘lganini, ya’ni 200 metr kvadrat emas, balki 85 kilometr kvadrat bo‘lganini xabar qildi (bu yangilik OAVlarda 11-avgust kuni keng tarqaldi). RFA KTI ma’lumotlariga ko‘ra, avariyadan keyingi kunlar ichida neft oqib tushgan maydon 0,26 dan 85 kilometr kvadratgacha kengaygan.

    Hozir nima qilinyapti?

    Neft bilan ifloslanish izlarini Abrau-Dyurso va Anapada allaqachon sezishdi — ular avariya joyidan sohil bo‘ylab tegishli ravishda 15 va 35 kilometr uzoqlikda joylashgan. “RBK” yozishicha, neft yoyilib ketganidan keyin Katta Utrish (Krasnodar o‘lkasidagi qo‘riqxona)da Anapa delfinariysi xodimlari suv yuzasida yog‘ dog‘larini ko‘rgan va jonivorlar zaharlanmasligi uchun to‘siqlar o‘rnatib chiqqan.

    Jahon yovvoyi tabiat fondi (WWF)ning Rossiyadagi bo‘linmasi biznesning ekologik javobgarligi dasturi rahbari Aleksey Knijnikov mahalliy aholi tomonidan olingan foto va videotasvirlarga tayanib ma’lum qilishicha, Abrau-Dyurso va Utrish qo‘riqxonasi o‘rtasidagi qirg‘oqning taxminan 7 kilometr qismi, shu jumladan, “juda qimmatli hududlar” neft bilan ifloslangan.

    2020-yilda Norilskda dizel yonilg‘isi oqib ketishidan yetgan zararni baholashga rahbarlik qilgan Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Viktoriya Abramchenko “Rosprirodnadzor” (Tabiatdan foydalanish sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmat)ga RFA KTI axborotini tekshirishni va Qora dengizga neft oqib ketishining haqiqiy ko‘lamini aniqlashni topshirdi.

    “Rosprirodnadzor” hozir neft oqib tushgan joyda ish olib bormoqda. “Biz namunalar oldik, zararni hisob-kitob qilyapmiz”, — dedi idora vakili va ularda koinotdan tasvirga olish imkoniyati yo‘qligini aytdi. Bundan tashqari, “Rosprirodnadzor” neftni nasos bilan tortib oladigan uskunaning mahsuldorligini va suyuqlikning oqish vaqtini aniqlashi kerak. Idora rahbari Svetlana Radionova tegishli so‘rovlarni Novorossiysk portiga va mahalliy politsiyaga yuborganini ma’lum qildi.

    11-avgust kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi dengiz muhiti ifloslanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘agani ma’lum bo‘ldi; jinoyatga aloqador shaxslar aniqlanmoqda.

    https://www.instagram.com/p/CSWWXN1iicN/?utm_source=ig_embed&ig_rid=e18e6f83-e548-4ad9-ad9d-ea2e54522846

    Vaziyat qanchalik yomon?

    “Qirg‘oqdan dengiz tomonga esayotgan shamol tufayli neft sohilgacha kelmadi va uni tozalash kerak bo‘lmaydi, yog‘ dog‘i esa 11-avgust kuni kechqurunga kelib yo‘qolib ketishi mumkin, chunki neft zarralari tez bug‘lanadi, ayniqsa, hozir Novorossiyskda kuzatilayotgan issiq havoda”, — degandi RFA Okeanshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi Andrey Kostyanoy. Aynan u o‘z hamkasbi bilan 8-avgust kuni kechqurun akvatoriyani sun’iy yo‘ldoshdan monitoring qilish chog‘ida neft oqib tushganini aniqlagan edi.

    Ammo WWF Rossiya bo‘linmasidan Knijnikovning aytishicha, ifloslanishlarning hammasi ham suv yuzasida ko‘rinmaydi: “Neft suv ostiga oqib tushgan, yuzaga esa uning yengil parchalari qalqib chiqadi, ular juda yupqa plyonka ko‘rinishida oqib ketaverishi mumkin; uni yig‘ib olish imkoniyati deyarli yo‘q va u misli ko‘rilmagan darajada keng maydonlarga tarqalib ketadi, biz bunga guvoh bo‘ldik ham — qariyb bir kunda ifloslanish maydoni 100 kilometr kvadratga yetdi. Yilning iliq davrida bunday plyonkalar haqiqatan ham tez bug‘lanadi, to‘lqinlar ta’sirida tez parchalanadi va bir-ikki kundayoq sezilarli izlar qolmaydi — ammo bu dengizda neft qolmaydi degani emas”.

    Neftning og‘irroq parchalari suv qatlamida tarqaladi, deb hisoblaydi Knijnikov, to‘lqinlar sababli esa bu neft suvda qisman erib ketadi va atrof-muhitga zaharli ta’sir o‘tkazadi, ehtimol sohilni ham ifloslantiradi.

    WWF Rossiya dasturi rahbari 2002-yilda Ispaniya sohillaridan 200 kilometr uzoqlikda cho‘kib ketgan Gretsiyaning “Prestij” tanker tarixini esga oldi. O‘shanda dengizga 63 ming tonna mazut (neft qoldig‘i) oqib ketgan, biroz vaqtdan keyin esa neft mahsulotlari qirg‘oqni ifloslantirishni boshlagan edi. Oqibatda Portugaliyadan janubi-g‘arbiy Fransiyaga qadar bo‘lgan butun qirg‘oq bo‘yi neft mahsulotlari bilan ifloslandi, 250 mingdan ortiq qush halok bo‘ldi, bu Yevropa tarixidagi rekord ko‘rsatkich.

    Minerva Symphony’ga yuk ortish chog‘ida Qora dengizga qancha neft oqib ketgani aniq emas. KQKning 12 kubometr neft haqidagi ma’lumotlari avariyaning birinchi kuniga taalluqli, o‘shanda konsorsium ifloslanish maydoni bor-yo‘g‘i 200 metr kvadratni tashkil etishini ma’lum qilgandi. Dengizga tushgan neft miqdorini aniqlashtirish bilan “Rosprirodnadzor” shug‘ullanmoqda.

    Keyinroq “Rospotrebnadzor” Novorossiyskda cho‘milish zonasidagi dengiz suvi gigiyena me’yorlariga javob berishi haqida ma’lum qildi.

    12.08.2021, 15:25   Izoh (0)   18301
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” Kobulni 90 kun ichida egallab olishi mumkin — AQSh harbiy razvedkasi

    12.08.2021, 13:56

    Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida sayyohlarni olib ketayotgan vertolyot ko‘lga qulab tushdi. 8 kishi bedarak yo‘qoldi

    12.08.2021, 13:34

    Turkiya kuchli yog‘ingarchilik tufayli suv toshqini ostida qoldi (video)

    12.08.2021, 12:46

    Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo yillar davomida korrupsiyani yashirib kelgan va o‘zini tanqid qilganlarni qo‘rqitgan. Biroq u ayollarga shilqimlik qilgani bo‘yic...

    12.08.2021, 10:11

    Dog‘istonlik kurashchi Rossiya davlat dumasi deputatidan Tokio-2020 dagi g‘alabasi uchun 1 mln dollar mukofot olganini aytdi. Bu deputatning yillik daromadidan anc...

    12.08.2021, 09:42

    OAV: Turkmanistonda uyiga internet ulatish uchun fuqarolardan VPN’dan foydalanmaslik haqida qasam ichish talab qilinmoqda

    12.08.2021, 07:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    iPhone 16 modeli 2025-yilda dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

    Texnologiyalar | 30 may, 10:24

    O‘zbekistonda 5 yilda kiberjinoyatlar bilan 1,9 trln so‘mdan ortiq pul talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 30 may, 10:16

    La Liga. VAR 16 marta “Barselona” foydasiga qaror qabul qilgan, “Real Madrid” eng ko‘p zarar ko‘rgan jamoaga aylandi

    Sport | 30 may, 10:03

    “Italiyadagi supervulqon global halokatga olib kelishi mumkin” — olimlar

    Dunyo | 30 may, 09:59

    Instagram: Abduqodir Husanov to‘yi yulduzlarni jamladi, Milena Madmusayeva yangi mashinali bo‘ldi, Munisa Rizayevaga 10 ming dollarlik soat sovg‘a qilishdi

    Shou-biznes | 30 may, 09:48

    HAMAS rasman AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish rejasini rad etdi

    Dunyo | 30 may, 09:37

    Aktyor bo‘lmaganda, film ham bo‘lmasdi: Gollivud yulduzlari uchun maxsus yaratilgan rollar

    Madaniyat | 30 may, 09:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.