Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan vaksinalardan biri bilan to‘liq emlangan, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili, matbuot kotibi Yusuf Qobuljonov.
“Vazirning navbatdagi vaksinani olganidan so‘ng suratini e’tiboringizga havola etmoqdaman”, — deb yozgan u Telegram-kanalida.
Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va uning o‘rinbosarlari Sardor Umurzoqov va Behzod Musayev koronavirusga qarshi emlangani haqida xabar berilgan edi.
Vazirlardan innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, adliya vaziri Ruslanbek Davletov, maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov koronavirusga qarshi vaksina olgani ma’lum.
Izoh (0)