• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xususiy klinikalarda davolangan COVID-19 bemorlari og‘ir ahvolda Zangiota shifoxonasiga olib kelingani ma’lum qilindi

    O‘zbekistonda koronavirusni davolash bo‘yicha ixtiyoriy shartnoma imzolagan xususiy shifoxonalarga ushbu kasallikni davolash bo‘yicha 2021-yil may oyidan boshlab ruxsat berilgan edi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, COVID-19 infeksiyasini davolashda qatnashayotgan ba’zi xususiy tibbiyot muassasalari shartnomada ko‘rsatilgan talablarga to‘la amal qilmayapti. U yerdagi bemorlarning barchasi ham belgilangan ko‘rsatmalar asosida davolanayotgani yo‘q.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qayd etilishicha, bemorlarning kasallik tarixlari tahlil qilinganda ayrim nodavlat klinikalarda kasallarga keragidan ortiq dori-darmonlar, tegishli ko‘rsatma mavjud bo‘lmasa-da, bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq antibiotik va gormonlar buyurilayotgani ma’lum bo‘lmoqda.

    Ayrim xususiy klinikalarda esa bemorlarga davolash standartlariga zid ravishda me’yordan ortiq darajada infuzion suyuqliklar quyilayotgani aniqlangan.

    Ta’kidlanishicha, yetarli bilim va saviyaga ega bo‘lmagan, sanitariya-epidemiologiya qoidalariga hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga rioya qilinmagan bunday shifoxonalarda muolaja olayotgan ko‘plab bemorlar og‘ir asoratlar bilan ixtisoslashgan davlat tibbiyot muassasalariga o‘tkazilmoqda. Bu esa tig‘iz ish tartibida faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot muassasalaridagi shifokorlar ishini yanada qiyinlashtirmoqda.

    “COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorni kasallikning dastlabki bosqichida turli infuzion suyuqliklar bilan davolash, bir vaqtning o‘zida bir necha antibiotik va gormonlarni qo‘llash xastalikning tez suratda og‘ir shaklga o‘tib ketishiga sabab bo‘ladi. Afsuski, bugun uy sharoitida, qolaversa, ba’zi xususiy tibbiyot muassasalarida bemorlarni davolashda aynan ana shu xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.

    Buning natijasida joriy yil iyun—iyul oyida birgina Zangiota 1-yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hamda poytaxtimizdagi 20 dan ziyod xususiy tibbiyot klinikasida davolangan 31 nafar COVID-19 ga chalingan bemor og‘ir ahvolda olib kelingan.

    Bugunga kelib, ushbu bemorlarning 7 nafari shifokorlarimizning sa’y-harakatlari sabab kasallikdan butunlay sog‘aygan bo‘lsa, qolgan bemorlar jonlantirish bo‘limida davo muolajalarini olmoqda. Eng yomoni, ushbu bemorlar orasida o‘lim holatlari ham qayd etilmoqda. Bu esa achinarli holatdir.

    2021-yil 21-iyul kuni Yakkasaroy tumanida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro U.Sh. Zangiota 1-yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan. Bungacha bu bemor o‘zboshimchalik bilan uy sharoitida, so‘ng poytaxtimizdagi xususiy klinikalarning birida antibakterial, puls terapiya, virusga qarshi antikoagulyant davo choralarini olgan. Bemorning umumiy ahvolida o‘zgarish bo‘lmagach, bizga murojaat qilgan.

    Bemorda koronavirus infeksiyasining og‘ir darajada kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘pka shishi, ORDS sindromi kabi belgilar aniqlangan. Afsuski, kerakli tekshiruv va davo muolajalariga qaramasdan, bu bemor shu yil 29-iyul kuni vafot etgan.

    Shu o‘rinda xususiy tibbiyot klinikalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlardan koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda belgilangan ko‘rsatmalarga amal qilishlarini, dori vositalarini o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq tayinlashlarini so‘rab qolaman”, — deydi Zangiota 1-yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov.

    Ma’lum qilinishicha, shu kungacha Toshkentdagi 25 ta, viloyatlardagi 6 ta xususiy shifoxonaga COVID-19 ga chalingan bemorlarni davolash bo‘yicha ruxsat berilgan bo‘lib, yaqinda Toshkentdagi Asia Shine Hospital xususiy shifoxonasi bilan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rtasida koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bo‘yicha 2021-yil 19-iyulda imzolangan shartnoma bir tomonlama bekor qilingan.

    “Vazirlik, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda belgilangan diagnostika va davolash standartlariga amal qilish lozimligini yana bir bor eslatib, ushbu davolash muassasalarida nazorat ishlari muntazam olib borilishini ma’lum qiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

    Mavzuga doir:

    • Zangiotadagi kovid-kasalxonada bemorlarning katta navbati yuzaga kelgani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
    • O‘zbekistonda bir kunda 891 kishida koronavirus, 457 kishida pnevmoniya qayd etildi. 11 bemor vafot etdi
    • O‘zbekistonda imtihon kuni tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etiladi

    10.08.2021, 23:26   Izoh (0)   30772
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda istalgan fuqaro UZB, AAA seriali avtoraqamlarni auksion orqali sotib olishi mumkinligi aytildi

    10.08.2021, 23:11

    Milliy gvardiya qo‘mondoniga o‘rinbosar tayinlandi

    10.08.2021, 22:56

    O‘zbekistonda 6 oyda 100 ming aholiga 132 ta jinoyat to‘g‘ri keldi

    10.08.2021, 22:39

    O‘zbekistonda juma namozlariga ruxsat berildi

    10.08.2021, 22:07

    IIB xodimlari tomonidan olib ketilgach vafot etgan fuqaroni “Xudo urgan odam” degani uchun IIV matbuot kotibiga chora ko‘rildi

    10.08.2021, 21:44

    Olmaliqda YPX xodimini haqorat qilgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin

    10.08.2021, 21:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.