• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    IIB xodimlari tomonidan olib ketilgach vafot etgan fuqaroni “Xudo urgan odam” degani uchun IIV matbuot kotibiga chora ko‘rildi

    Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovga IIB xodimlari tomonidan olib ketilgach, vafot etgan fuqaroni “Xudo urgan” deb atagani uchun intizomiy chora ko‘rilgan. Bu haqda AOKAda IIV rasmiylari ishtirokida 10-avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

    Shohrux G‘iyosov.

    Shohrux G‘iyosov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2021-yilning iyul—avgust oylarida fuqarolarning ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib ketilgach, vafot etganiga doir bir necha xabar tarqaldi. Xususan, Surxondaryoning Denov tumanida profilaktika inspektorining ikki yordamchisi bo‘linmaga olib ketilayotgan fuqaroga kuch ishlatgani, oqibatda fuqaro kasalxonada vafot etgani, shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanida IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan mast fuqaroning joni oxir-oqibat kasalxonada uzilgani ma’lum bo‘lgan edi. Hozirda har ikkala holat yuzasidan tergov-tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Mazkur voqealar haqidagi xabarlar tarqalgach, ushbu voqealarning yoritilishi yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning fikrlari yozilgan ovozli xabar “Rost24.uz” sayti tomonidan e’lon qilindi. Unda, jumladan, Taxiatosh va Denovdagi voqealar yuzasidan ma’lumot bergan.

    Qoraqalpog‘istondagi holatda fuqaro pnevmoniyadan o‘lib qolgan. U haqiqatan ham ichki ishlar organiga olib kelingan. Ko‘chada g‘irt mast-alast ahvolda yotganida, dastlab (kasalxonaga) olib borilib, tekshirtirilgan, peshonasida jarohati bo‘lgan, keyin “rayotdel”ga olib kelingan. Mazasi bo‘lmagani uchun (yana kasalxonaga) olib borilgan, o‘sha yerda o‘lib qolgan. Bu holatni prokuratura to‘liq tekshirgan, xodimda hech qanday ayb yo‘q va shu bois jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan. Hozir qayta tekshirilyapti, chunki onasi “ichki ishlar organlari xodimlari urdi”, deb yana yozgan.

    IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning “Rost24.uz” sayti tomonidan e’lon qilingan ovozli xabaridan ko‘chirma

    Mavzuga doir: “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha yana 2 nafar IIB xodimi 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingani aytilmoqda

    IIV vakili Denovda profilaktika inspektori yordamchilari tomonidan olib ketish jarayonida vafot etgan fuqaro haqida fikr bildirar ekan, uni “g‘irt Xudo urgan, undan oldin qotillik bilan sudlangan odam”ligini alohida ta’kidlagan.
    Uyida ham hech kimga tinchlik bermagan, har doim janjal. Undan oldin qayerdadir kaltak yegan, borib xodimlar olib kelgan. Yo‘lda ham qarshilik ko‘rsatgan, qarshilik ko‘rsatganidan keyin nima qilsin biznikilar? Kuch ishlatadi-da. Keyin uni qo‘yib yuborishgan. Xudo biladi qayerda yurgan, nima bo‘lgan. Haqiqatan ham jarohatlardan o‘lgan, lekin qayerda jarohat olgan, nima qilgan? O‘lishidan oldin kasalxonaga olib ketilayotganida “meni militsiya urdi”, degan. Shuning uchun hozir, mana, ikki nafar yosh bola — biri 1997-yilda, ikkinchisi 2003-yilda tug‘ilgan — profilaktika inspektori yordamchilari juvonmarg bo‘lib ketdi, bitta Xudo urganning orqasidan.

    IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning “Rost24.uz” sayti tomonidan e’lon qilingan ovozli xabaridan ko‘chirma

    Shohrux G‘iyosov ovozli xabar davomida yuqorida bayon qilingan voqealar haqidagi xabarlar “tekshirilmay” tarqatilganini qoralagan, bu kabi holatlarga doir axborotni tarqatishdan avval IIV matbuot xizmati bilan bog‘lanib, vaziyatga aniqlik kiritish maqsadga muvofiqligini tushuntirgan. “Bir narsa gapirishdan, yozishdan oldin til bilan chopmanglar, iltimos, ozgina surishtirib ko‘ringlar. Menga chiqinglar, so‘ranglar mendan. Nima holat bo‘lgan u yerda — o‘zim tushuntirib beraman. Bu umumiy gaplar – sizlar hulosa qilishingar uchun, bu hech qanaqa rasmiy munosabat emas”, — deya qo‘shimcha qilgan G‘iyosov.

    Mavzuga doir: Andijonda IIB xodimlarining qiynog‘idan so‘ng vafot etgan fuqaroning singlisi: “Akam qimmatbaho tosh mojarosi qurboni bo‘ldi”

    Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev vazirlik matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov tomonidan yuborilgan ovozli xabardagi fikrlarni “nomaqbul” deb atadi.
    Ushbu holat vazirimizning shaxsan o‘zlari huzurida muhokama qilindi. Vazirimiz tomonidan Shohrux G‘iyosovga nisbatan intizomiy chora qo‘llanildi. Chunki ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilishi kerak bo‘lgan mas’ul rahbar, albatta, bunday so‘zlarni ishlatishi kerak emas edi. Yana bir bor qaytaraman — bu vaziyatni hurmatli vazirimiz shaxsan o‘zlari muhokama qildilar, — deya ma’lum qildi Bekmurod Abdullayev.
    Bundan avval Kattaqo‘rg‘onda DSI xodimi YPX mashinasida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgani hamda Namangan viloyat IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasining ikki nafar katta tezkor vakili jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgandi.

    10.08.2021, 21:44   Izoh (0)   50209
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olmaliqda YPX xodimini haqorat qilgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin

    10.08.2021, 21:28

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining sanoati rivojlanmagan tumanlarida korxonalar tashkil etish, yo‘l bo‘yi xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar b...

    10.08.2021, 21:13

    O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lgan yetim bolalarga 1 xonali uy ajratilishi belgilandi

    10.08.2021, 20:43

    Toshkentdagi sobiq Borovskiy kolleji yaqinida suv toshdi. Qator joylarda suv ta’minoti to‘xtatildi

    10.08.2021, 20:12

    Andijonda fuqaroni Qirg‘izistonga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1,4 ming dollar so‘ragan universitet o‘qituvchisi qo‘lga olindi

    10.08.2021, 19:26

    O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida kompaniyalar uchun qisqa raqamlarni sotish boshlandi

    10.08.2021, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Do‘stlar” yulduzi Mettyu Perrining o‘limiga aloqador shifokorga 40 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda

    Shou-biznes | 19 iyun, 10:26

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    “Bezosga bu yerda joy yo‘q”: Venetsiyada Jeff Bezos va Loren Sanchesning to‘yiga qarshi noroziliklar boshlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 09:58

    “Qiyomat kuni samolyoti” Vashington yaqinida ko‘rinish berdi

    Dunyo | 19 iyun, 09:55

    Xabi Alonso “Real” murabbiyi sifatida ilk o‘yinda durang qayd etdi — bu XXI asrdagi uchinchi holat

    Sport | 19 iyun, 09:54

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 14,5 mlrd so‘m mukofot to‘landi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 09:39

    Eron Isroilga birinchi marta “Sejjil” raketasini uchirdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 09:20

    Maykl Jeksonning sobiq advokati uning o‘limi sababini fosh qildi

    Musiqa | 19 iyun, 09:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.