Markaziy bank 11-avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23 so‘mga ko‘tarilib, 10 651 so‘mni tashkil qildi. Yevro 12,36 so‘mga pastlab, 12 487,23 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 11,79 so‘mga pastlab, 10 628 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarildi.
Izoh (0)