Samarqandning Kattaqo‘rg‘on va Qashqadaryoning Qamashi tumani hokimlari koronavirusga qarshi emlandi.
Tuman hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov 6-avgust kuni Moderna vaksinasi bilan emlandi.
Shu kuni Qamashi tumani hokimi Botir Tog‘ayev, tuman prokurori Bahriddin Bahodirov, tuman hokimi o‘rinbosarlari va apparat xodimlari koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning 2-dozasi bilan emlangan. Ular vaksinaning birinchi dozasini 16-iyulda olgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov koronavirusga qarshi emlangani haqida xabar berilgan edi. Hokimlardan, shuningdek, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Toshkentning Yangihayot tumani hokimi Hayot Inog‘omov, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Namangan shahar hokimi G‘ofirjon Jamolov, Olmaliq shahar hokimi Qobil Hamdamov, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimi Jonibek Yariyev koronavirusga qarshi emlangani ma’lum qilingan.
Mavzuga doir: Emlangan o‘zbek amaldorlari