O‘zbekistonda 7-avgust kuni 897 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 136 635 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 97 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 42 nafari Andijon viloyatida,
- 22 nafari Buxoro viloyatida,
- 85 nafari Jizzax viloyatida,
- 38 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 20 nafari Navoiy viloyatida,
- 41 nafari Namangan viloyatida,
- 96 nafari Samarqand viloyatida,
- 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 82 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 38 nafari Xorazm viloyatida,
- 97 nafari Toshkent viloyatida,
- 117 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu kuni 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 928 nafarga yetgan.
Bundan tashqari, 7-avgustda 475 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 14 503 nafarga yetgan. So‘nggi sutkada ularning 489 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 7097 nafarni tashkil qilmoqda. Uch nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 93 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, 5-avgust kuni mamlakatda 974 kishida koronavirus qayd etilgandi — bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mavzuga doir:
- Shavkat Mirziyoyev pandemiyadan imkon qadar yo‘qotishlarsiz o‘tish uchun fuqarolar qat’iy amal qilishi talab etiladigan uch muhim shartni aytdi
- O‘zbekistonda imtihon kuni tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etiladi
- “Koronavirusga qarshi kurashda ularni qurbon qilmaylik”. Zafar Hoshimov va Davletovuz kafe-restoranlarga qo‘yilgan cheklovlarni yengillashtirishni taklif qildi