Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 7-avgust kungi chiqishlarini yakunladi.
Kanoeda eshkak eshish
Nilufar Zokirova va Dilnoza Rahmatova juftligi yarim finalda 5-o‘rinni egallab, finaldan quruq qoldi. 9—16-o‘rinlar uchun kechgan bellashuvlarda o‘zbekistonliklar uchinchi bo‘lib marraga yetib keldi va 11-o‘rinni band etdi.
Badiiy gimnastika
Kseniya Aleksandrova, Kamola Irnazarova, Dinara Ravshanbekova, Sevara Safoyeva va Nilufar Shomurodova jamoaviy bahslarda ishtirok etdi. Umumiy hisobda 9-o‘rinni egallagan gimnastikachilar final yo‘llanmasiga ega chiqolmadi.
Zamonaviy beshkurash
Aleksandr Savkin 585 ochko to‘plab, 36 sportchi ichida 32-o‘rinni egalladi.
Yengil atletika
Safina Sa’dullayeva balandlikka sakrash bahslarida 196 metrni zabt etdi va 6-o‘rinni egalladi. Qayd etish kerak, Safina ushbu musobaqada shaxsiy rekordini takrorladi.
Shu tariqa so‘nggi kun oldidan O‘zbekiston delegatsiyasida o‘z ishtirokini o‘tkazmagan bir nafar sportchi qoldi. Boks bo‘yicha +91 kg vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov 8-avgust kuni finalda ringga ko‘tariladi.
Izoh (0)