• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Sodiqlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas. “Paxtakor”da ham, “Bunyodkor” safida ham o‘ynagan futbolchilar

    So‘nggi yillarda aksariyat o‘zbek futbolchilarining maqsadi poytaxt klublari bilan shartnoma imzolash bo‘lib qolgani hech kimga sir emas. Buni to‘g‘ri tushunish mumkin, boisi aynan Toshkent klublari orqali terma jamoaga chaqirilish yoki xorijga yo‘l olish mumkin. To‘g‘ri, viloyat jamoalaridan ham futbolchilar termaga chaqirilgan va chaqirilmoqda. Biroq tan olish kerak, oxirgi yillarda aynan “Paxtakor” va “Bunyodkor” futbolchilari (yoki ushbu klublarda o‘ynab ketgan legionerlar) terma jamoaning asosini tashkil qilib keladi. Shu bilan birga ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahslar har doim prinsipial ahamiyat kasb etib kelgan. “Toshkent derbisi” deb nom olgan qarama-qarshilik 2010-yillarda o‘z cho‘qqisiga erishgan. O‘sha paytlardagi uchrashuvlar tom ma’noda shiddatli tarzda o‘tar va hozirgidan farqli o‘laroq muxlislar tashrifi ham maqtanishga arziydigan edi. Derbi maqomida o‘tgan o‘yinlar ikki jamoa futbolchilari ochiqchasiga dahanaki janglarga kirishib ketgan holatlarga to‘la bo‘lgan. Ular uchun o‘z klubi sha’ni va uning g‘alabasi birinchi o‘rinda bo‘lgan. Ammo yana shunday futbolchilar ham borki, ular faoliyatida davomida ham “Bunyodkor”, ham “Paxtakor” safida to‘p surishga muvaffaq bo‘lgan. “Daryo” quyida aynan shunday o‘yinchilarga to‘xtatilib o‘tadi.

    Ignatiy Nesterov

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq darvozaboni Ignatiy Nesterov “Paxtakor”dagi faoliyatini 2002-yilda boshlagan va 2009-yilgacha “sherlar” sharafini himoya qilgan. 2009-yilda esa u “Bunyodkor” safiga qo‘shiladi. Shundan so‘ng posbon poytaxtning boshqa bir klubi “Lokomotiv”da ham to‘p surishga ulgurdi. Hozirda Nesterov faoliyatini “Qizilqum”da davom ettirmoqda.

    Anzur Ismoilov

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    O‘zbekistonning kam sonli bo‘ydor futbolchilaridan biri bo‘lgan Anzur Ismoilov 2003-yilda “Paxtakor” safida debyut qiladi va 2010-yilgacha ushbu klub sharafini himoya qiladi. 2010-yilda esa “Paxtakor”ning ko‘pchilik futbolchilari singari “Bunyodkor”ga o‘tishni ma’qul ko‘radi. Anzur “qaldirg‘ochlar” safida uzoq ushlanib qolmaydi va 2011-yilda Xitoy klubiga yo‘l olib, u yerda 2018-yilgacha harakat qiladi. Shundan so‘ng orada bir-ikki mavsum “Lokomotiv”da to‘p suradi va 2020-yilning avvalida yana “Paxtakor”ga qaytdi.

    Server Jeparov

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Professional faoliyatini “Navbahor”da boshlagan Server Jeparov 2002-yilda “Paxtakor”ga o‘tib, 2008-yilda “Bunyodkor” safiga qo‘shiladi. 2010-yilgacha “Bunyodkor”da to‘p surgan Jeparov shundan so‘ng legioner sifatidagi faoliyati boshlaydi. Uning rezyumesida “Seul” (Janubiy Koreya), “Ash-Shabob” (Saudiya Arabistoni), “Sonnam” (Janubiy Koreya), “Istiqlol” (Eron) va yana bir qator xorij klublari o‘rin olgan. Server faoliyatini 2019-yilda “Metallurg”da yakunlashga qaror qiladi.

    Timur Kapadze

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Timur Kapadze faoliyatini “Neftchi”da boshlagan. 2002-yilda esa “Paxtakor”ga o‘tadi va u yerda 2008-yilgacha to‘p suradi. O‘sha yili esa “Bunyodkor” safiga borib qo‘shiladi. 2011-yilgi Osiyo Kubogidan so‘ng Timur ham legionerga aylanadi va Janubiy Koreya, BAA, Qozog‘iston kabi davlatlarda to‘p surib qaytadi. 2018-yilda Toshkentning “Lokomotiv”ida butsalarini mixga ilgan Kapadze darhol murabbiylik faoliyatini boshladi. Hozirda u “Olimpik” klubiga ustozlik qilmoqda.

    Anvar Soliyev

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Faoliyatini “Navbahor”da boshlab, keyinchalik “Paxtakor” va “Bunyodkor”da o‘ynagan futbolchilardan yana biri Anvar Soliyevdir. 2001-yilda “sherlar” safida debyut qilgan Soliyev ro‘yxatdagi aksariyat futbolchilar singari 2008-yilda “Bunyodkor”ga o‘tadi. 2013-yilda esa yana “Paxtakor”ga qaytadi va 2017-yilda o‘sha yerda faoliyatini yakunlaydi.

    Islom Inomov

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Kurashlarda o‘zini ayamasligi va fidoiyligi bilan mashhur bo‘lgan Islom Inomov 2004-yildan (tanaffuslar bilan) 2009-yilgacha “Paxtakor”da o‘ynagan. Uning “Bunyodkor”dagi faoliyati esa 2014-yilda boshlanib, 1 yil davom etgan.

    Akmal Shorahmedov

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    O‘zbek muxlislariga ko‘proq Janubiy Koreyaga qarshi o‘yindagi avtogoli bilan tanish bo‘lgan Akmal Shorahmedov “Bunyodkor”dagi 6 yillik faoliyatidan so‘ng (2011 —2017-yillar) bir mavsum “Nasaf”da o‘ynaydi va shundan so‘ng “Paxtakor” safiga qo‘shiladi. Uning “sherlar” tarkibidagi faoliyati ham bir mavsum davom etgan. Shorahmedov hozirda Farg‘onaning “Neftchi” klubi sharafini himoya qilmoqda.

    Mavzuga doir: Akmal Shorahmedov Janubiy Koreyaga qarshi o‘yindagi avtogoli haqida: “Futbolni tushunadigan odamlar bu haqida bir marta ham gapirmaydi”

    Sardor Rashidov

    Foto: “Paxtakor FK”

    Foto: “Paxtakor FK”

    Tezkorligi va o‘yinni o‘ziga olishdan qo‘rqmasligi orqali bir vaqtlar o‘zbek futbolining kelajagi sifatida qaralgan Sardor Rashidov hozirgacha bir qator klublarda ter to‘kishga ulgurdi. 2009-yilda “Bunyodkor” safida debyut qilgan Sardor 2015-yilgacha “qaldirg‘ochlar” tarkibida javlon uradi. Shundan so‘ng Rashidovning xorijdagi faoliyati boshlanadi. Qatar, BAA va Portugaliya jamoalaridan so‘ng Sardor 2021-yilda yana O‘zbekistonga qaytdi. Faqat bu safar uni “Paxtakor” o‘z safiga qo‘shib oldi. “Sherlar” safida yarim mavsum o‘ynagan Rashidov iyul oyida yana legionerga aylandi. Kuvaytning “Kuvayt SK” klubi Rashidov bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

    Doston Hamdamov

    Foto: Transfermarkt

    Foto: Transfermarkt

    “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Doston Hamdamovdan ham Sardor Rashidovdan kam o‘yin kutilmagan edi. Hatto Hamdamov 2015-yilda Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi ham bo‘lgan. 2018-yilda esa u legionerga aylanadi, ammo Rossiyaning “Anji” klubida ishlari yurishmaydi va “Paxtakor”ga o‘tadi. 2021-yilning boshida Doston yana xorijga yo‘l oldi. BAAning “An-Nasr” klubi futbolchi bilan shartnoma imzolab, uni “Hatta”ga ijaraga berib yubordi. Biroq uning amirliklardagi faoliyati ham qisqa bo‘ldi va 23-iyul kuni yana “Paxtakor”ga qaytdi.

    Akrom Komilov

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Akrom Komilov ham “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, faoliyatini ham aynan “qaldirg‘ochlar” safida boshlagan. 2015-yildan 2019-yilgacha professional maqomda “Bunyodkor”da o‘ynagan Komilov 2019-yilda “Paxtakor”ga o‘tadi. 2021-yilning boshida esa “sherlar” tarkibidagi kuchli raqobat tufayli Olmaliqning “OKMK”siga yo‘l oldi.

    Sardor Sobirxo‘jayev

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    “Bunyodkor” akademiyasida tarbiyalanib, “Paxtakor”da o‘ynayotgan futbolchilardan yana biri Sardor Sobirxo‘jayev 2014-yilda “qaldirg‘ochlar”ning asosiy jamoasiga qabul qilinadi va 2016-yilgacha u yerda to‘p suradi. 2016-yilda esa “Bunyodkor”dan ketib, bir qator jamoalarda faoliyat yuritadi. Ammo 2017-yilda yana “Bunyodkor”ga qaytadi. 2019-yilda esa “Paxtakor” uni safiga qo‘shib oladi.

    Ibrohimxalil Yo‘ldoshev

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Va nihoyat, ushbu ro‘yxatdagi eng yosh (20 yosh) vakil Ibrohimxalil Yo‘ldoshev poytaxtning har ikkala klubida ham to‘p tepishga muvaffaq bo‘lgan. “Paxtakor” 2020-yilda o‘z tarbiyalanuvchisini muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun “Bunyodkor”ga mavsum so‘ngiga qadar ijaraga beradi. 2021-yilgi mavsumdan boshlab esa u qadrdon jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

    Yo‘ldoshev chap qanotdagi ishonchli harakatlari orqali Italiyaning “Jenoa” klubi skautlari e’tiboriga tushdi. Himoyachining transferi borasidagi muzokaralar bilan ProSportManagement va Valerio Juffrida shug‘ullanayotgani aytildi. Qayd etish joiz, aynan ular Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tishida ham ishlagan edi.

    Bilol Erkin tayyorladi

    Boshqa maqolalar:

    • “O‘zbek Maradonasi”dan haqiqiy vatanparvargacha: O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorlari haqida
    • Rivaldo, Vilyanueva, Cheran va boshqalar. O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yaxshi legionerlar
    • Yo‘qotilgan “oltinboshlar”: o‘zbek futbolining erta so‘ngan yulduzlari haqida

    07.08.2021, 14:01   Izoh (0)   43117
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Oltin to‘p”, Toshkentga tashrif va Ronaldu bilan azaliy raqobat. Messining “Barselona”dagi faoliyatiga nazar (fotogalereya)

    07.08.2021, 08:31

    Medallar sarhisobi: O‘zbekiston 4 ta medal bilan 35-pog‘onada bormoqda, Xitoy hamon peshqadam. Qozog‘iston esa 79-o‘rinda

    07.08.2021, 05:28

    Safina Sa’dullayevadan Aleksandr Savkingacha. Tokio—2020 Olimpiadasida 7-avgust kuni qaysi o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etadi?

    06.08.2021, 23:26

    Superliga. “Paxtakor” yangi legionerning debyut goli evaziga “Nasaf”ni taslim etdi, “Bunyodkor” esa “Mash’al”ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

    06.08.2021, 22:08

    To‘rtinchi medalni taqdim etgan Abdurahmonov, beshkurash bo‘yicha Olimpiadada qatnashgan ilk o‘zbekistonlik va boshqa sportchilarning Tokio—2020 14-kunidagi natija...

    06.08.2021, 21:46

    Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov va O‘zbekiston bayroqdori Nigora Tursunqulova turmush quradi

    06.08.2021, 19:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eron rahbariga Saddam Husayn taqdiri bilan tahdid qildi

    Dunyo | 17 iyun, 23:50

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 210 mln dollar beg‘araz grant ajratadi

    Dunyo | 17 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 17-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 17 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Borussiya Dortmund” “Fluminense” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 iyun, 23:02

    Buxoroda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:50

    Tramp AQSH kuchlari Eron havo hududini to‘liq nazorat qilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyun, 22:35

    Toshkentdagi “Sokin” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab uchta tumanda “svet” o‘chdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.