O‘zbekistonda 5-avgust kunidan boshlab oliygohlarga kirish uchun imtihonlar boshlanadi. IIV YHXBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hududlarda imtihon o‘tkaziladigan joylarga kelish va ketishda yo‘l harakati qatnashchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida ma’lum ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

12 kun davom etadigan OTMlarga kirish imtihonlari 2 bosqichda 35 ta obyektning 53 ta joyida o‘tkaziladi. 2021-yilda respublika oliy ta’lim muassasalariga jami 947 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirgan.

Imtihonlar davrida jamoat tartibini saqlash uchun 1998 nafar Ichki ishlar organlari, 1675 Milliy gvardiya, 295 nafar yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari jalb etiladi. Xodimlar foydalanishi uchun 242 ta avtotransport, 1432 ta aloqa vositasi va 60 bosh xizmat itlari ajratiladi.

Test sinovlarini o‘tkazish joylari va ushbu hududlarga olib boruvchi avtomobil yo‘llarining 45 ta ko‘chasi to‘liq yopilishi rejalashtirilgan. Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash va tirbandlikning oldini olish maqsadida 248 nafar YPX inspektori va 168 ta avtopatrul naryadi jalb etiladi.

Imtihon topshirish hududlari atrofida vaqtincha transportlar harakati cheklanadigan ko‘chalar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi “Turon” o‘yingohi atrofi

Nukus shahri, Hurliman qiz baxshi ko‘chasi

Nukus shahrida “Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi” tennis korti atrofi

Nukus shahri, Allayor Do‘snazarov ko‘chasi

Xorazm viloyati, Urganch shahrida “Xorazm” sport majmuasi atrofi

Urganch shahar, Pahlavon Mahmud ko‘chasi

Urganch shahrida “Yoshlik” sport majmuasi atrofi

Urganch shahar, Yoshlik ko‘chasi

Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi “Alpomish” o‘yingohi atrofi

Termiz shahar, Istiqlol va Alisher Navoiy ko‘chalari

Denov tumanidagi “Tadbirkorlik va pedagogika universiteti” o‘yingohi atrofi

Denov tumani, Sharof Rashidov ko‘chasi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni atrofi

Qarshi shahar, Mustaqillik va Alisher Navoiy ko‘chalari

Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi “Buxoro” sport majmuasi atrofi

I.Mo‘minov ko‘chasining Hamza ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha, Hamza ko‘chasining Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasi bilan kesishgan qismidan I.Mo‘minov ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha

Buxoro shahridagi “Umid” futbol o‘yingohi atrofi

M.Iqbol ko‘chasining I.Karimov ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Zulfiya ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha

Buxoro shahridagi “Dilkusho” tennis stadioni atrofi

I.Karimov ko‘chasining Vobkent ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Ibn Sino ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha

Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohi atrofi

Navoiy shahar, Me’morlar ko‘chasi qisman, ya’ni bir tomonlama

Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” o‘yingohi atrofi

Navoiy shahar, Zarapetyan ko‘chasi to‘liq

Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi “Lokomotiv” futbol o‘yingohi atrofi

Samarqand shahar, Islohot ko‘chasi

Samarqand shahridagi “2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi” o‘yingohi atrofi

Samarqand shahar, Turkiston ko‘chasi

Samarqand shahridagi “Nurafshon” futbol o‘yingohi atrofi

Samarqand shahar, Umid ko‘chasi

Samarqand tumanidagi “Bolalar va o‘smirlar sport maktabi” o‘yingohi atrofi

Samarqand tumani, Rustam MFY, Rustam qishlog‘i

Jomboy tumanidagi “Bolalar va o‘smirlar sport maktabi” o‘yingohi atrofi

4K512 O‘rtabo‘z—Jomboy—Galakapa avtomobil yo‘lining 1-2 kilometrlari oralig‘ida yo‘lning bir tomonida

Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” markaziy o‘yingohi atrofi

Jizzax shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi

Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi “Guliston” markaziy o‘yingohi atrofi

Guliston shahar, Alisher Navoiy, Sayxun, Jambul, Navbahor, Bo‘ston, Gulshan, Tinchlik ko‘chalari

Namangan viloyati, Namangan shahridagi “Navbahor-Umid” o‘yingohi atrofi

Islom Karimov va Ququmboy shoh ko‘chadan olib kiruvchi yo‘l

Namangan shahridagi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi “Dinamo” o‘yingohi atrofi

Namangan shahar, G‘irvonsoy ko‘chasi

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Yoshlik” o‘yingohi atrofi

To‘raqo‘rg‘on tumani, Istiqlol ko‘chasi

Andijon viloyati, Andijon shahridagi “Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi”ning asosiy o‘yingohi atrofi

Andijon shahar, Lermontov, Mashrab va Sariq uy ko‘chalari

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi Farg‘ona davlat universitetining o‘yingohi atrofi

Farg‘ona shahar, Al-Farg‘oniy, Murabbiylar va Bobur ko‘chalari

Farg‘ona shahridagi “Neftchi” o‘yingohi atrofi

Farg‘ona shahar, Marg‘ilon ko‘chasi

Marg‘ilon shahridagi “2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi” o‘yingohi atrofi

Marg‘ilon shahridagi “2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi”ga olib kiruvchi ko‘chalar

So‘x tumanidagi “1-sonli maktab” o‘yingohi atrofi

So‘x tumanidagi “1-sonli maktab”ga olib kiruvchi ichki ko‘chalar

Avvalroq Davlat test markazi O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxatini e’lon qilgandi.