Farg‘onada 11 yoshli bola amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, xabarda ko‘rsatilgan holat haqida muqaddam huquqni muhofaza qiluvchi oraganlarga murojaat kelib tushmagan.
“Shu sababli 2021-ning 2-avgust kunidan Quva tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilishi boshlangan. Tekshirish ustidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan”, — deyiladi xabarda.
Jabrlanuvchining onasini bloger Aqida Xanumga bergan intervyusida ayol o‘g‘lini 7 yoshida qaynakasiga farzandlikka berganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, shifokor, mahalla profilaktika inspektori va boshqalarning gaplariga qaramay, bolaning onasi, buvasi andisha sababli 48 yoshli amakiga qarshi ish ochishni rad qilgan.
Izoh (0)